10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja


Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartib -qoidalari


Download 88.62 Kb.
bet16/31
Sana17.02.2023
Hajmi88.62 Kb.
#1204650
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Arxivshunoslik 3-kurs

Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartib -qoidalari. Arxiv hujjatlarida foydalanish “Arxiv ishi to`g`risida”gi Qonun asosida tashkil etiladi.
Arxiv hujjatlaridan foydalanish xizmat,ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, ma`rifiy, ta`lim maqsadlarida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi.Ayniqsa, hujjatlarning maxfiylik toifalari, kirib foydalannishga doir cheklovlar Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-son qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Saqlovxonalardan arxiv hujjatlari quyidagi muddatlarda beriladi:
- o`quv zalida foydalanuvchilarga va arxiv xodimlariga -1 oygacha
- fond tashkil etuvchilarga -3 oygacha;
- sud, huquqni muhofaza qilish organlariga va boshqa vakolatli organlarga - 6 oygacha;
- ko`rgazmalar o`tkazish to`g`risidagi hujjatlarga - tegishli shartnomalarga muvofiq;
- hujjatlarni restavratsiya qilish - shartnomaga ko`ra amalga oshiriladi;
- nusxalar olish talabnoma asosida rasmiylashtiriladi. Yani byurtma asosida
- rasmiylashtiriladi va imzolaydi;
- agar arxiv hujjatlari zararlangan deb topilsa faqat “O`z arxiv agentligi”
so`rovnomasiga binoan tegishli choralar ko`riladi.
So`rovnomalar va ularni berish tartibi.
Arxiv muassasalaridan foydalanuvchilar murojatlariga murojatlariga asosan beriladigan ma`lumotnoma- bu so`rovnomalardir. So`rovnomalar mavzusi: harbiyxixmatni o`taganligi, maosh miqdori, mehnat staji, ma`lumoti,fuqarolik holati,mulkka egalik masalalarito`g`risidagi ma`lumotlar bo`lishi mumkin.
Ijtimoiy -huquqiy so`rovnomaning hal etilish natijalari mavzuli so`rovnomalar sifatida alohida guruhlarga ajratiladi. Tegishli huquqiy- me`yoriy hujjatlarda ularning bajarilish muddatlari aniq belgilangan.
Foydalanuvchining so`rovi talabnomada yuridik saxsning nomi (fuqaro uchun –familiyasi ismi va otasining ismi) pochta manzili va / yoki foydalanuvchining elektron pochta manzili, mavzu va so`ralayotgan ma`lumotning xronologiyasi ko`rsatilgan bo`lsa arxiv tomonidan ko`rib chiqiladi va bajariladi. So`rov arxiv boshlig`i yoki vakolatli shaxs tomonidan ko`rib chiqiladi va tegishli bo`lim yoki bevosita ijrochiga bajarish uchun yuboriladi.So`ngro u so`rov predmetiga taalluqli arxiv hujjatlari va /yokibosma nashrlar bo`yicha bajariladi.Arxivda saqlanayotgan arxiv hujjatlari tarkibiga aloqasi bo`lmagan so`rov ro`yxatga olingan vaqtdan boshlab 5 kun mobaynida, zarur arxiv hujjatlari saqlanayotgan boshqa arxivga yoki tashkilotga, foydalanuvchiga ma`lum qilgan holda bajarish uchun jo`natiladi yoki tegishli tavsiyalar beriladi.
Agar so`rovnoma elektron pochta orqali yuborilsa, manzili aniqlanib, elektron pochta orqali yuboriladi.
So`rovnomalar davlat tilida yoki so`rov- murojat yozilgan tilda beriladi.
So`rovnamalar pulli xizmatlar ko`rsatish yoki shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy –huquqiy mazmundagi so`rov arxiv tomonidan bepul bajariladi. Ijtimoiy –huquqiy mazmundagi so`rov arxivda bajarish muddati ro`yxatga olingan kundan 30 kundan oshmasligi kerak.
So`rovnomalarga “Arxiv ma`lumotnomasi” yoki “Arxiv ko`chirmasi” belgisi tushiriladi.Agar so`rovnoma O`zRes. Dan tashqariga yuboriladigan bo`lsa davlat gerbi tushirilgan muhr va arxiv rahbarining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Chet el fuqarolarining murojatnomalariga so`rovlar ijrosi esa faqat “O`zarxiv agentligi” tomonidan qonunga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Agar so`rovnomada ovozli hujjatlarni eshitish ko`rsatilsa arxivning o`quv zalida ko`rsatiladi.Bu arxiv xodimlarining nazorati ostida amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarning buyurtmalariga ko`ra hujjatlarning fotonusxalari, mikronusxalari, ovozli hujjatlar nusxalari taqdim qilinishi mumki. Agar maxfiy mujjatlar bo`lsa arxiv hujjatlaridan belgilangan taribda nusxa olinishi mumkin.
Nusxa olish taribi xizmati arxiv rahbariyati tomonidan belgilanadi.Bu hisob-kitob qilish tartibi asosida amalga oshiriladi.



Download 88.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling