10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja


Davlat arxivlari tomonidan hujjatlarni qabul qilish


Download 88.62 Kb.
bet2/31
Sana17.02.2023
Hajmi88.62 Kb.
#1204650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Arxivshunoslik 3-kurs

Davlat arxivlari tomonidan hujjatlarni qabul qilish. Davlat arxivlari hujjatlarni idoraviy arxivlardan hujjatlari davlat saqloviga qabul qilinadigan tashkilotlar ro’yxati asosida qabul qiladi.
Davlat saqloviga qabul qilinadigan hujjatlar davlat arxivlari tomonidan quyidagi muddatlar o’tganidan keyin qabul qilinadi:
- O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, prokuraturasi, sudlari, banklari, respublikaga bo’ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining arxiv hujjatlari - 15 yil.
- Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, prokuraturalari, sudlari, banklari, viloyatga bo’ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalarining arxiv hujjatlari - 10 yil.
- Fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, shahar va tumanlarga bo’ysunuvchi davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va birlashmalari, qishloq xo’jaligi korxonalarining arxiv hujjatlari - 5 yil.
- Fuqarolik holati hujjatlari yozuvlari, shaxsiy tarkib bo’yicha hujjatlar, notarial harakatlar, sud ishlarining, xo’jalik daftarlari yozuvlari - 75 yil.
- Qo’shma (davlat ishtirokidagi) korxonalar, tashkilotlar va mulkchilikning aralash shakllaridagi birlashmapar faoliyatinining amalga oshirishda paydo bo’lgan arxiv hujjatlari-10 yil.
- Ilmiy texnologiya va patent hujjatlari - 10 yil.
- Konstruktorlik hujjatlari - 15 yil.
- Kapital qurilish bo’yicha loyiha hujjatlari - 25 yil.
- Telemetrik hujjatlar - 5 yil.
- Kino-foto-fonohujjatlar va videofonogrammalar - 3 yil.
- Mashina omili asosidagi hujjatlar - 5 yil.
- Maxfiy hujjatlar - 30 yil.
Davlat arxivlari tomonidan tugatilgan tashkilotlarning hujjat-lari muddatidan oldin qabul qilinadi. Shaxsiy va oilaviy hujjatlarni davlat arxivlari tomonidan qabul qilish masalasini ekspert-tekshiruv komissiyasi (ETK) hal qiladi. ETK majlisida shaxsiy hujjatlar egasining arizasi, hujjatlar ro’yxati, davlat arxivi eksperti yoki mutaxassisning hujjatlar qimmatdorligi to’g’risidagi xulosasi ko’rib chiqiladi.
Tashkilotlar hujjatlari davlat arxivlariga ETK tasdiqlagan ro’yxat bo’yicha topshiriladi. Hujjatlarni davlat saqloviga qabul qilish qabul-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat arxivlari o’rtasida hujjatlarni taqsimlash. Davlat arxivlari shahobchalari bo’yicha O’zR Milliy arxiv fondi hujjatlarini taqsimlash arxiv fondlari, ular bo’linmasligini va hujjatlarni turkumlashniig asosiy belgilarini, ya’ni ularni ma’lum bir tarixiy davrlarga, respublika va mahalliy idoralarga, ma’lum ma’muriy-hududiy bo’linmalarga, davlat va jamoat faoliyatining ma’lum sohalariga tegishli ekanligini, hujjatlarni tayyorlash uslubi va texnikasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Hozir respublikada quyidagi markaziy davlat arxivlari shahobchalari mavjud: O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi, O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivi va O’zbekiston Respublikasi kino-foto-fonohujjatlari markaziy davlat arxivi.
Mahalliy davlat arxivlari shahobchalari quyidagilardan iborat: Qoraqappog’iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, viloyatlar davlat arxivlari, ularning filiallari va Toshkent shahar davlat arxivi. Bu arxivlarda Oktyabr to’ntarishidan keyingi davrga oid hujjatlar saqlanadi.
Markaziy davlat arxivlarida respublika ahamiyatiga ega bo’lgan hujjatlar saqlanadi. Bu arxivlarda respublikaning markaziy tashkilotlari - hokimiyat va boshqaruv organlari, vazirliklar, davlat qo’mitalari, respublikaga bo’ysunuvchi korxonalar, tashkilotlar, muassasalar hujjatlari doimiy saqlanadi.
Viloyat davlat arxivlarida viloyat tashkilotlari arxiv hujjatlari saqlanadi. Viloyat davlat arxivlari filiaplarida shahar, tuman va qishloq tashkilotlari, korxonalari, xo’jaliklari hujjatlari saqlanadi.
Shunday qilib, arxivlarni to’g’ri butlash davlat arxivlari tarkibini sifatli shakllantirishda muhim rol o’ynaydi. Bu alohida ahamiyatga ega bo’lgan ishda davlat arxivlarining manbalarini, hujjatlari qabul qilinadigan tashkilotlarni bexato aniqlash, hujjatlar qimmatdorligining ekspertizasini qoidali o’tkazish, ilmiy, tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan barcha hujjatlarni to’la tanlab olish, idoralarda tartibga solingan hujjatlarning saqlanishinini ta’minlash va belgilangan muddatda davlat arxivlari tomonidan qabul qilinishining ahamiyati kattadir. To’liq va yuqori sifatli butlangan arxivlarda hujjatlardan ilmiy ishlarda foydalanish ham samarali bo’ladi.

Download 88.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling