Ko`rsatkich – nomlar, ismlar va shu kabilarning ular haqidagi ma'lumotlar ham berilgan muayyan tartibdagi ro`yxati:
Arxiv ro`yxati - bu hisob hujjati va ayni vaqtda hujjatlarning mazmuni bo`ycha ma'lumotnomadir. Bunda arxiv jamg`armasi yig`ma jildlar sarlavhasining tartibi, ro`yxati, ularning tarkibi va mazmuni to`g`risida ma'lumotlar beriladi.
Informasion xat – arxiv informasion hujjatlaridan biri bo`lib arxiv tashabbusi bilan arxiv hujjatlari to`g`risida tuzilgan qisqachamazmunli rasmiy xat.
Sharh (annotasiya) – hujjatlarni sharhlashda uning vaqti, turi, uallifi, mazmuni va boshqa ma'lumotlari ko`rsatiladi.
SLAYDLAR:
12-Mavzu: Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartiblari
Reja
Arxiv hujjatlaridan foydalanish turlari
Arxiv hujjatlaridan foydalanish tartib qoidalari
So`rovnomalar va ularni berish tartiblari
Adabiyotlar
Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasi dasturi. T.”O`zbekiston”, 2017
Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak.T.: “O`zbekiston”,2017.
Karimov. I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T. «Sharq». 1998.
Karimov. I.A.Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. T. “Manaviyat”, 2008.
Алимов И. А. Архивоведение. (Учебное пособие) Андижан. 1995.
Alimov I. Butayev A. Arxivshunoslik. T. 1997.
Arxivshunoslik.(Darslik) Toshkent. “Turon – Iqbol”. 2018.
Boboqulov B. Arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti( O`quv qo`llanma) T. 2011.
Jumayev U. O`zbekistonda arxiv ishi tarixi.T. 2016.
Справочник по фондам Государственного архива г. под. ред. Остроумовой . Ташкента. Т. 1992.
Raximov J. O`zbekiston tarixini o`rganishda arxiv manbalaridan foydalanish.– Т.: «Oqituvchi». 1995.
Тилекулов Г.С. Некотрые страницы истории культурного строительства в Узбекистане. Т., 1992.
Тилекулов Г.С. Роль архивов Узбекистана в научно – исследовательское и культурное жизни республики. (1918-1980). Ташкент. 1995
Hujjatlar. Arxiv atamalari izohli lug`ati. T. 2000.
«Arxiv to`g`risida» qonun (15.04.1999).
«Arxiv hujjatlaridan erkin foydalanish va ma'lumot kafolatlarini ta'minlash». (24.04.1997)
Об обрашениях граждан. (13.12.2002)
Tarixiy me'moriy yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilish to`g`risida. (30.08.2001)
Zamonaviy arxivshunoslikda arxiv hujjatlaridan foydalanishning asosiy vazifalari O`zbekiston davlatchiligini mustahkamlash, jamiyatning axborotga bo`lgan ehtiyojni qondirish, fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini ta`minlashdan iborat.
Hujjatlardan foydalanish jarayonida ikki taraf – hujjatlarni saqlovchi arxiv va ma`lumot kerak bo`lgan foydalanuvchi ishtirok etadi. Davlat arxivlari foydalanovchilari davlat hokimiyati boshqaruv organlari, sud, prokuratura, vazirliklar, muassasa, tashkilot va korxonalar, harbiy qismlar, ilmiy, madaniy va ta`lim, muassasalari, ommaviy axborot vositalari, nodavlat tashkilotlar, jamoat birlashmalari, fuqarolar bo`lishi mumkin.
Hujjatlardan foydalanish jarayoni murakkab va ma`suliyatli ish bo`lib, foydalanuv- chilardan yuqori saviya, malaka va bilim talab etiladi.Shuning uchun ushbu faoliyat davlat arxivlarida ilmiy ish turlaridan biri sifatida qaraladi. Arxiv hodimlari ma`lumotnomalarning to`liqligi, aniqligi, haqqoniyligi va foydalanuvchilarga o`z vaqtida yetkazib berishga javobgardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |