10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja
Download 88.62 Kb.
|
Arxivshunoslik 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Arxiv fexresti (katologlar) bo`yicha ishlash Kataloglar arxiv ma`lumotnomalarning bir turi.
Yig`ma jildlar ro`yxatini tuzish. Jild bayon qilinganidan va muqovasiga yozilgandan keyin yig`ma jildlarning ro`yxati tuziladi. Ro`yxat tuzilayotganda uning uchun kerak bo`lgan barcha ma'lumotlar yig`ma jilt muqovasidan olinadi.
Bayon qilingan jiltlar yillar bo`yicha va yil ichida idora tuzilishi- bo`limlari bo`yicha guruhlashtiriladi va shu to`g`risida ro`yxat yoziladi Ro`yxatning oxirida yakunlovchi yozuv bo`ladi. Bunda ro`yxatga nechta yig`ma jilt kiritilganligi ko`rsatiladi. Shundek, harf ( liter) bilan yozilgan jiltlar ( 2a, 5v, 5a, 5d va hokozo) va tushirib qoldirilgan raqamlar qayt qilinadi. Ro`yxatga odatda yordamchi ma'lumotnoma apparati tuziladi. Bu ro`yxatning bosh sahifasi kirish, ko`rsatkichlar, qisqartirilgan so`zlar ro`yxati va boshqalardan iborat. Bosh sahifada davlat arxivining nomi, jamg`arma nomi, jamg`arma raqami, ro`yxat raqami, ro`yxat nomi, ro`yxatga kiritilgan materiallarning sanasi, ro`yxat varaqalari soni yoziladi. Bosh sahifa ro`yxatga kiritilgan hujjatlar majmui to`g`risida umumlashgan axborot beradi. Shunday qilib, arxiv ro`yxati jamg`arma yig`ma jildlari, hujjatlari to`g`risida muhim ma'lumotlar beradilar hisob hujjati va arxiv ma'lumotnomasidir. Arxiv fexresti (katologlar) bo`yicha ishlash Kataloglar arxiv ma`lumotnomalarning bir turi. Har bir davlat arxivida hujjatlarni katologlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Arxiv hujjatlarini katologlashtirish deyilganda katologlar tuzish sxemalarini ishlab chiqish, hujjatlarni topish, tanlab olish, bayon qilish shuningdek, katologlar turlarini, ularni tuzish usullarini aniqlash ishlarini nazarda tutiladi. Katologlar o`ziga xos tuzulishga ega. Tarmoq, muammo, mavzu, masala, familiyalar, sanalar, bo`yicha birlashtirilgan hujjatlar, haqidagi ma'lumotlar katologdagi bo`limlar, bo`linmalar, mavzular va boshqa bo`laklarni tashkil qiladi. Katologlar tuzulishini hujjatlar haqidagi axborotlar turkumi tarixlari belgilaydi. Hujjatlar haqidagi axborotlarni turkumlash tarixi yozma yoki grafikali hujjatdir. Bu tarix ma'lum mantiq bilan joylashtirilgan va hujjalardan olingan axborotlarni shu bo`laklar bo`yicha joylashtirishga mo`ljallangan katologning turkumi bo`laklari ro`yxatidir. Mana shu tarix orqali hujjatlarni o`rganish, kartochkalarga bayon qilish va kartochkalarga kataloglarda guruhlash, joylashtirish amalga oshiriladi. Katalogning turkum tarixi hujjatlarini topish, bayon qilish ishlaridan oldin tuziladi. Charx bo`laklari ma'lumotnoma chizuvchi mutaxassislar ishtirokida aniqlanadi va belgilanadi. Turkum charxi qancha to`la mukammal chuqur ishlangan bo`lsa, hujjatlar mazmunini shunda aniq ochiq berish imkoni tug`iladi. Hujjatlar haqidagi axborotlar katologda kartochkalarga yozib joylashtiriladi. Kartochkalarda bayon qilingan axbrotlar ayrim hujjat bitta yigma jild yoki bir – biriga o`xshash bir guruh jildlarga tegishli ma'lumotlarni o`z ichiga oladi. Shu bilan kataloglar kartochkalardagi ma'lumotlar yigma jildlar ro`yxatidagi ma'lumotlardan farq qiladi. Ma'lumki, ro`yxatda bitta yigma jildga tegishli ma'lumot beriladi. Katolog yigma jildning ichidagi ayrim hujjatlar to`g`risida ham ma'lumot beradi. Katologning ro`yxatdan ustun tomoni ham shundadir. Katologning asosiy bo`lagi rubrika, sarlavha qismidir. Bu qismda anik masalaning nomi, shaxsning familiyasi sana to`g`risida hujjatdagi ma'lumotlar bo`ladi. Katolog kartochkasida shu hujjatning manzili ham yozilgan bo`ladi. Tadqiqotchini shu masala yoki familiya qiziqtirsa hujjat manzilini yozib olib arxivdan tezda topib foydalanishi va tadqiq qilishi mumkin bo`ladi. Katologlarni turlari. Arxiv katologlari tuzilish qoidalariga ko`ra ikkiga bo`linadi. a) Mantiqiy tuzilishdagi katologlar. Birinchi tur katologlarda arxiv hujjatlari haqidagi ma'lumotlar mantiqiy o`zaro bog`liq holda bo`ladi. b) Ikkinchi tur katologlarda esa hujjatlar haqidagi ma'lumotlar o`zaro bog`lanmagan holda, ya'ni alfavit bo`yicha joylashgan bo`ladi. Download 88.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling