10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja


Idoralarda doimiy saqlanadigan hujjatlarga ro`yxatlar ikki xil tuzilishi mumkin


Download 88.62 Kb.
bet9/31
Sana17.02.2023
Hajmi88.62 Kb.
#1204650
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
Arxivshunoslik 3-kurs

Idoralarda doimiy saqlanadigan hujjatlarga ro`yxatlar ikki xil tuzilishi mumkin:
1. Idoraning har bir bo`limi bir yilga oid hujjatlariga aloxida ro`yxat tuzadi. Hamma bo`limlardan olingan bunday ro`yxatlar konselyariyada jamlanadi va bir yilga oid hujjatlari bo`lgan hamma bo`limlarning umumiy ro`yxati tuziladi. Shu tartibda umumiy ro`yxatga materiallar yilma – yil qilib umumiy ro`yxat tuziladi.
2. Idoraning bo`limi barcha yillarga oid hujjatlarga alohida ro`yxat tuzadi. Keyin yuqoridagi tartibda yilma – yil qilib umumiy ro`yxat tuziladi.
Idoralarda yig`ma jildlar ro`yxati 4 nusxada tayyorlanadi. Bu ro`yxat davlat arxivining ekspertiza – tekshiruv hay'atida tasdiqlangandan keyin tashkilotning arxiv jamg`armasi davlat arxiviga qabul qilinadi va unga qo`shib 2 nusxa ro`yxat ham topshiriladi. Biri hisob hujjati sifatida ehtiyot qilib hisob bo`limida saqlanadi, ikkinchi nusxasidan davlat arxivining o`quv zalida (qiroatxonasida) foydalaniladi.
Yig`ma jildni bayon qilish. Ro`yxatning asosiy qismi, yuqorida ko`rsatilganidek, yig`ma jildning sarlavhasidir. Ro`yxat tuzishdan oldin har bir jild bayon qilinadi. Shu jarayonda sarlovha tuzishga alohida e'tibor beriladi. Jildni bayon qilish idorada ish yuritish jarayonida amalga oshiriladi. Jildni bayon qilishda muqovaga quyidagi ma'lumotlar yoziladi:

  1. Idoraning nomi.

  2. Idoraning bo`limining nomi.

  3. Yig`ma jildning nomentklatura bo`yicha indeksi.

  4. Sarlavha

  5. Sana ( yig`ma jildning boshlangan, tugagan sanalari)

  6. Varaqlari soni.

  7. Saqlash muddati.

  8. Arxif shifri.

Yig`ma jilt muqovasiga idoraning nomini yozish bilan jilt qaysi jamg`armaga tegishlai ekanligi belgilanadi. Jildning idoradagi nomentklatura bo`yicha indeksining ro`yxatda ko`rsatilishi jildlarni tartibga solishni osonlashtiradi va idora arxivining qay darajada saqlanganligini ko`rsatadi.
Jildning bayon etishning asosiy qismi sarlovhadir. Sarlavhada jilddagi mazmuni qisqacha ochib beriladi.

Download 88.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling