10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja
- Mavzu : O`zbekiston Respublikasida MAF hujjatlariga ilmiy ma'lumotnoma apparati
Download 88.62 Kb.
|
Arxivshunoslik 3-kurs
11- Mavzu : O`zbekiston Respublikasida MAF hujjatlariga ilmiy ma'lumotnoma apparatini tashkil etish (2s)
Reja : DAJ ilmiy ma'lumotnoma apparati haqida ma'lumot. Yo`l ko`rsatkich, ro`yxat, tavsif, sharhlar va boshqa arxiv ma`lumotnomalari Kataloglar va ularning turlari, kataloglarni tuzish tartibi. hujjatlardan nusxa olish usullari. Hujjatlaridan ilmiy maqsadda foydalanish yo`llari. Hujjatlardan nusxa olish usullari. IMA qo`shimcha ma`lumotnomalari Adabiyotlar Mirziyoyev Sh.M. O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasi dasturi. T.”O`zbekiston”, 2017 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat`iy intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak.T.: “O`zbekiston”,2017. Karimov. I.A.Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T. «Sharq». 1998. Karimov. I.A.Yuksak manaviyat – yengilmas kuch. T. “Manaviyat”, 2008. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: O`zbekiston, 2011 Алимов И. А. Архивоведение. (Учебное пособие) Андижан. 1995. Alimov I. Butayev A. Arxivshunoslik. T. 1997. Arxivshunoslik.(Darslik) Toshkent. “Turon – Iqbol”. 2018. Справочник по фондам Государственного архива г. под. ред. Остроумовой . Ташкента. Т. 1992. Raximov J. O`zbekiston tarixini o`rganishda arxiv manbalaridan foydalanish.– Т.: «Oqituvchi». 1995. Тилекулов Г.С. Некотрые страницы истории культурного строительства в Узбекистане. Т., 1992. Тилекулов Г.С. Роль архивов Узбекистана в научно – исследовательское и культурное жизни республики. (1918-1980). Ташкент. 1995 Hujjatlar. Arxiv atamalari izohli lug`ati. T. 2000. «Arxiv to`g`risida» qonun (15.04.1999). «Arxiv hujjatlaridan erkin foydalanish va ma'lumot kafolatlarini ta'minlash». (24.04.1997) Об обрашениях граждан. (13.12.2002) Tarixiy me'moriy yodgorliklarni saqlash va muhofaza qilish to`g`risida. (30.08.2001) Arxiv hujjatlariga ilmiy ma'lumotnoma apparati tuzish ishi davlat arxivlarining ilmiy –axborot faoliyatining muhim tarkibiy qismidir. Arxiv hujjatlariga ilmiy ma'lumotnoma apparati bu - arxiv muassasasidagi mavjud hujjatlar to`g`risidagi ma`lumotlarni o`zaro bog`langan va bir-birini to`ldiruvchi holatda tuzilgan kitob, to`plam, ro`yxatlar majmuasidir. Maqsad, hujjatlarni davlat arxivlaridan tezda topishdir. Ma`lumotnomada hujjatlar o`rganilib, tahlil qilinib chiqiladi.Unda hujjatlarning tarkibi, mazmuni, manzili to`g`risidagi ma'lumotlar qisqa, umumlashgan shaklga keltiriladi. Hujjatlar to`g`risidagi bunday axborotlar kartochkalarga yozilib, ma'lumotlarga kiritiladi. Asosiy ma`lumotnomalar barcha davlat arxivlarida yuritiladi. Unda arxiv hamda arxiv jamg`armalari bo`yicha yo`l ko`rsatkichlar, arxiv fondlari sharhlari, kataloglar va boshqa arxiv ma`lumotlari kiradi. Qo`shimcha ma`lumotlar arxiv hujjatlari o`ziga xosligini e`tiborga olgan holda hamda tarixiy davr talabiga ko`ra tuzib boriladi.Ular jumlasiga doimiy saqlanishga topshirilgan ish yuritish kartotekalari, hujjatlar kartotekasi,mavzuli ro`yxatlar va boshqa ma`lumotnomalar kiradi. DAJ tarkibidagi hujjatlarni hisobga olish, qidirib topishni osonlashtirish, undan unumli foydalanishni tashkil etish maqsadida yuqorida aytilgan yo`l bilan ularni ilmiy ma'lumotnoma apparati tizimi tashkil qiladi. DAJ ilmiy ma'lumotnoma apparati tizimi o`zaro uzviy bog`langan hisob hujjatlari, arxiv ma'lumotlari, mexanizasiyalashgan va avtomotlashgan axborot – qidiruv tizimidan iboratdir. Bular bir xil usul va qoidalar asosida tayyorlanib, yig`ma jild, arxiv jamg`armasi, davlat arxivi, DAJ doirasida hujjatlarni ehtiyot qilib saqlash va samarali qidirishni ta'minlash uchun tuziladi. Ilmiy ma'lumotnoma apparati barcha darajadagi hujjatlar majmualarini qidirib topish va undan foydalanishga yordam beradi: Bu: Umumiy milliy arxiv fondiga tuziladigan ma`lumotnomalar. Bir arxivda tuziladigan ma`lumotnomalar Bir fondda tuziladigan ma`lumotnomalar Bir hujjatga yoki yig`majildga tuziladigan ma`lumotnomalar Download 88.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling