10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja


Hujjatlarni saqlash, sanitary-gigiyena sharoiti–


Download 88.62 Kb.
bet4/31
Sana17.02.2023
Hajmi88.62 Kb.
#1204650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Bog'liq
Arxivshunoslik 3-kurs

Hujjatlarni saqlash, sanitary-gigiyena sharoiti– har bir arxivning asosiy vazifalaridan biridir. Hujjatlarni saqlash, arxivga topshirish deganda, “keraksiz qog’ozlardan qutulish” emas, balki ulardan ma’lum muddat – 3, 5, 10, 25, 40, 75 yil, asrlar davomida ma’lum qiymatga ega ekanligida foydalanish tushuniladi. Va saqlanish muddati davomida hujjatlar o’g’irlikdan, layoqadsizlik oqibatida yo’qolish, salbiy sharoit tufayli yo’q bo’lishdan, hujjatning fizik asosi buzilishidan ( qog’oz, plyonka, kalka va boshqa.) va hujjatdagi matnni o’chib ketishidan saqlash zarur.
Arxiv hujjatlarini saqlashni asosiy shartlaridan biri ularni maxsus ta’mirlangan arxiv saqlov xonalarida saqlash; ma’lum saqlash rejimiga rioya qilish; hujjatlarni saqlovxonalardan berish va qaytib olishni qat’iy hisobga olib borish. Arxiv saqlov xonalarining eshigi ish vaqtida mahkam yopilgan, ish vaqtidan so’ng esa tamg’alangan yoki plombalangan bo’lishi shart.
Hujjatlarni saqlashga qo’yiladigan asosiy talablar davlat arxivlari uchun ham idora arxivlari uchun ham bir xil.
Davlat arxivlari uchun maxsus binolar quriladi. Respublikada hujjatlarni miqdoriga qarab qator davlat arxivlari binolari qurilgan. Ularda maxsus hujjatlarni tozalash va restavratsiya qilish xonalari mavjud.
Arxiv binosi tashqi muhit ta’siridan himoyalangan bo’lishi lozim. Arxiv binosida mavjud bo’lgan isitish tizimi kutilmagan favqulodda vaziyat doimo nazoratda bo’lishi kerak. Ishchi xonalar saqlovxonalardan ajratilgan holda bo’lishi kerak. Ishchi xonalar saqlovxonalardan ajratilgan holda bo’lishi, agar saqlovxona birinchi qavatda joylashgan bo’lsa, deraza romlariga metall reshetkalar; agar arxivdan hovliga yoki ko’chaga chiqish eshigi bo’lsa, u metall list bilan ishlov berilgan bo’lishi; arxiv saqlovxonasiga signalizatsiya o’rnatilgan bo’lishi kerak.
Arxiv binosi yong’in xavfsizligi talablariga javob berishi lozim; elektr isitgich asboblari , sun’iy yoritish, gugurtdan, shamdan foydalanish, sigaret chekish qat’iyan taqiqlanadi. Arxiv binosida har bir xonaga ikkitadan ko’rinadigan joylarga har 40-50 m kv ga o’t o’chirish anjomlari osib qo’yiladi. Bundan tashqari yong’in xavfsizligi shlangalari krani bilan, vodoprovod yo’q joyda esa quruq qum paketlari yashiklarga solib qo’yiladi. Butun arxiv binosiga yong’in xavfsizligi signalizatsiyalari o’rnatilgan bo’ladi.
Arxiv saqlov xonalari metall stellajlar bilan ta’minlangan bo’lishi, agar stellajlar yog’ochdan yasalgan bo’lsa, ularga o’tda yonmaydigan maxsus tarkib bilan ishlov beriladi.

SLAYDLAR:






1. Tashkilotning hokimiyat va boshqaruv organlari tizimida, tarmoq idoralari tizimidagi ahamiyati

2. Tashkilot faoliyatining yuqori organlar va boshqa idoralar hujjatlarida aks etishining to’laligi



3. Tashkilot hujjatlarining davlat arxivi yo’nalishiga to’g’ri kelishi



Download 88.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling