10-mavzu: O’zbekiston respublikasi milliy arxiv fondi hujjatlarini saqlash. Arxiv hujjatlarini butlash, sanitar gigiyena sharoiti. Reja


- sharhlar – jamg`armani tashkil qilgan tashkilot tuzilishi (bo`lim, tarmoq, mavzu) bo`yicha yoziladi. Sarlavha quyidagi qismlardan iborat


Download 88.62 Kb.
bet8/31
Sana17.02.2023
Hajmi88.62 Kb.
#1204650
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31
Bog'liq
Arxivshunoslik 3-kurs

- sharhlar – jamg`armani tashkil qilgan tashkilot tuzilishi (bo`lim, tarmoq, mavzu)
bo`yicha yoziladi. Sarlavha quyidagi qismlardan iborat:

  1. Hujjatning turi yoki xili:

  2. Muallifi:

  3. Korrespondent ( xat yozilgan idora):

  4. Mavzu:

  5. Manzil:

6.Yillar va boshqa ma'lumotlar:
Sarlavha ichida eng muhimi mavzu, hujjatda yoritilgan masalalardir. Shuning uchun ham bu qisim aniq va tushinarli qilib yozilishi kerak. Ko`p hujjatlardan tashkil topgan jildni bayon etishda sarlavhada ish jilti mazmuni va undagi hujjatlarning tarkibi umumlashtirilgan holda ifodalaniladi. Bunday hollarda «Materiallar» « Ish» «Yozishma» kabi turdosh nomlar qo`llaniladi. «Materiallar» so`zi jilt xilma-xil hujjatlar turlaridan va bir yoki bir necha masalaga oid bo`lsa va ular o`rtasida o`zaro bog`liqlik bo`lmasa, ishlatiladi. «Ish» so`zi esa to`plangan hujjatlar xilma-xil bo`lganlari holda ular bir masalaga tegishli bo`lganda qo`llaniladi. «O`zbekiston Milliy Universitetida shanbalik o`tkazish to`g`risidagi ish». Odatta «Ish» sud organlari jamg`armalarida ko`p bo`ladi.
«Yozishma» tushunchasi jilt hujjatlari so`roq va javoblardan iborat bo`lganda ishlatiladi. Masalan, «O`zbekiston Milliy Universiteti O`z. Res. Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi bilan talabalarning ishlab chiqarish praktikasi to`grisida yozishmasi».
Ko`p hollarda yig`ma hujjatlar, hujjatlarning bir turidan iborat bo`ladi. Masalan: buyruqlar, qarorlar, rejalar, hisobotlar, yo`riqnomalardir. Yig`ma jilt buyruqlar, majlislar bayonlaridan iborat bo`lsa, ularni bayonlaridan iborat bo`lsa, ularning tartib raqamlari, sanasi, asl nusxa yoki ko`chirma ekanligi ko`rsatiladi. Masalan:
«O`zbekiston Milliy Universitet ilmiy kengashining yig`ilishlari bayonlari. № 1- 28. 1959 yil may- dekabr. Asl nusxa» . buyruq, qaror va protokollarda ko`p masalalar yoritilishi sarlavhada mavzu ko`rsatilmaydi.
Jildning hujjatlari orasida mashhur shaxslarga tegishli yoki muhim tarixiy voqeaga oid hujjatlar, fotosuratlar, xarita, broshyura, varaqa va boshqa shunga o`xshash narsalar uchrashi mumkin. Bu hujjatlarga muxtasar bayon (annotasiya) tuziladi. Muxtasar bayonda hujjatning qisqacha mazmuni yoziladi. U yi`gma jiltning muqovasiga sarlovhadan keyin yoziladi.
Shundan keyin muqovaga yig`ma jildlarning, varaqalar soni, saqlash muddati (doimiy yoki 5- yi, 10 va hokozo) va arxiv shifri (ya'ni arxiv nomi, jamg`arma raqami, ro`yxat raqami) yoziladi.
Yuqorida biz arxiv hujjatlari bilan ularni saqlanishi, tartibi, muddati haqida umumiy ma'lumotlarga ega bo`ldik. Tadqiqotchi hujjatlardan foydalanishda nihoyatda izlanishi kerak. Ya'ni tadqiqot mavzusi bo`yicha korxona va idoralarning yillik ish hisobotini o`rganishi va shunga qarab xulosa chiqarishni bilishi kerak. Ko`p hollarda hujjatlar tadqiqotchi uchun to`liq ma'lumot bera olmaydi. Shu sababli ilmiy tadqiqot mavzusiga bog`liq hujjatlarni o`rganishi va ayrim hollarda arxiv boshlig`i ruxsati bilan hujjatlardan nusxa olishi lozim. Turli davlat arxivlarida hujjatlardan faqat ko`chirma olishiga ruxsat etiladi. Bu hollarda ko`chirma hujjat davlat arxivi muxri bilan tasdiqlanishi kerak.
Hujjatlarni hisob qiluvchi asosiy ma'lumotnoma bu - yig`ma jildlar ro`yxatidir. Boshqa arxiv ma'lumotlaridan farqli o`laroq, ro`yxat jamg`arma ichida yig`ma jildlarni hisoblash, har bir yig`ma jildning varaqalar sonini belgilash bilan birga u bir vaqtda yig`ma jildning tarkibi va mazmuni to`g`risidagi axborot-ma'lumotnoma hamdir.
DAJ hujjatlariga tuzilgan ilmiy ma'lumotnoma apparati tizimi o`zaro bog`liqligi, birligi bilan ajralib turadi. Respublikaning barcha arxiv hujjatlari to`g`risidagi eng umumiy ma'lumoltnoma respublika jamg`armalari katologidir. Viloyat miqyosidagi arxiv hujjatlari to`g`risidagi umumiy ma'lumotnoa arxiv hujjatlari to`g`risidagi umumiy ma'lumotnoma arxiv bo`limining jamg`armalar katologidir.
Bu ma'lumotnomalar yordamida tarixchi tadqiqotchi qaysi arxivda u yoki bu mavzuga oid qanday hujjatlar borligini aniqlab oladi. Shundan keyin kerakli davlat arxivlariga borib, o`sha arxivning ko`rsatkichi yoki arxiv jamg`armalarining qisqacha ma'lumotnomasi, jamg`armalar ro`yxati va varaqasi o`rganiladi. Bu ma'lumotlardan tadqiqotchi uchun kerakli hujjatlar arxivning qaysi jamg`armalarida ekanligi anqlanadi.
Arxiv jamg`armalarinng yig`ma jildlari ro`yxatlari bilan tanishib chiqish kerakli hujjatli qaysi yig`ma jildlarda ekanligini aniqlash imkonini beradi. Kerakli jildlar arxivdan olinib, ulardan tadqiqotchiga zarur qujjatlar topiladi va ko`chirib olinadi. Bir mavzuga oid barcha jamg`armalardagi hujjatlarni davlat arxivining tizimli, mavzular bo`yicha tuzilgan katologlari yordamida aniqlab, kerakli hujjatlarni tanlash va ularni arxivdan olib o`rganish, tadqiq qilish imkoni tug`iladi.
Shunday qilib, ilmiy ma'lumotnoma apparati tizimi tarkibiga kiruvchi ma'lumotnomalar har birining o`z vazifasi, maqsadi bor va har biri o`ziga xosdir. Shu bilan birga ular o`zaro bog`liq va bir - birlarini to`ldirib, O`zbekiston Respublika DAJ hujjatlari to`g`risida zarur axborot beradi.
Yuqorida biz arxiv hujjatlarning ilmiy ma'lumotnoma aparati tizimi bilan tanishib chiqdik. Ilmiy tadqiqot olib borishda tadqiqotchi arxiv hujjvtlari bilan ishlashni albatda bilishi kerak. Hujjatlarni o`rganayotganda tadqiqotchi qator muammolarga duch kelishi mumkin. Arxiv ishi bilan tanishigach bu ish albatta oson kechadi. Shuningdek, arxiv laboranti hujjatlar bilan qanday ishlash to`g`risida ma'lumot beradi. Bular tadqiqotchining ishini yanada osonlashtiradi.

Download 88.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling