10-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja: Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim


Download 90.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi90.54 Kb.
#1514797
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Н. Курбонова 10-мавзу



10-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. 
Reja: 
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi.
2. O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar. 
3. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi yangi tahrirdagi qonuni. Ta‟lim sohasida 
xalqaro hamkorlikning yo„lga qo„yilishi. 
Tayanch so’z va iboralar: Ta‟lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli, “Ta‟lim to‟g‟risida”gi 
Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Uzluksiz ta‟lim” konsepsiyasi, YUNESKO, “El-
yurt umidi” jamg‟armasi, 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta‟lim 
to‟g‟risidagi” O‟zbekiston Respublikasining yangi Qonuni. 
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. 
 
Global o‟zgarishlar davrida ta‟lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi. Chunki hayot o‟zgarish 
sur‟atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar hayotida umumiy jihatlarni, qulayliklarni 
yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga 
yo‟naltirilgan har xil g‟oya, qarashlar, uni targ‟ibot qilish texnologiyalari, ijtimoiy ong va 
tafakkur o‟sib borib, samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi. 
Ta‟lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli o‟rnida yangi, ya‟ni hozirgi zamonda ta‟lim-
tarbiya sohasida dunyoda erishilgan yutuqlarga, axborot kommunikatsiya tizimi, pedagogik 
texnologiyalarni joriy etgan holda ta‟limni amalga oshirishga, ta‟lim sohasiga yangi 
innovatsiyalarni joriy etishga davlat siyosati darajasida e‟tibor berilmoqda. Uning yutuqlarini esa 
dunyo e‟tirof etmoqda.
Mustaqillik yillarida “Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” qabul qilindi. Ma‟lumki, “Ta‟lim to‟g‟risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi” (1997-yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta‟lim tizimi tubdan isloh qilina 
boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko‟ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur‟atlar 
bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga 
bog‟liq bo‟lsa, ikkinchi tomondan o‟quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan 
ta‟minlanganligiga bog‟liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog xodimlari oldiga 
tayyorlanayotgan ishchi kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib 
toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg‟ularini 
tarbiyalash kabi vazifalarni qo‟yadi. 

Download 90.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling