Farmoniga
muvofiq O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni
xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‟yicha “El-yurt umidi” jamg‟armasi
tashkil etilgan edi. Jamg‟arma oldiga O‟zbekistonlik iqtidorli yoshlarni doktorantura va
magistratura dasturlari bo‟yicha o‟qitish, turli soha mutaxassislarining malakasini oshirish va
stajirovkasini tashkil etish, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‟rnatish, ularni
mamlakatimizda bo‟layotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarga jalb qilish, chet eldagi universitetlar
va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‟mak berish
vazifalari qo‟yilgan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2019-yilda davlat byudjetidan 45
milliard so‟m ajratilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz ko‟rsatmasiga muvofiq, bu mablag‟
yanada oshiriladigan bo‟ldi.
3. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi yangi tahrirdagi qonuni. Ta‟lim
sohasida xalqaro hamkorlikning yo„lga qo„yilishi.
Ta‟lim sifatini yangi bosqichga ko‟tarish masalasida 2020-yil 23-sentyabrda qabul
qilingan yangi tahrirdagi “Ta‟lim to‟g‟risidagi” O‟zbekiston Respublikasining yangi
Qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonun amaldagi qonundan ham normalarining ko„pligi, ham tartibga solish
predmetining kengligi bilan ajralib turadi. Agarda, avvalgi qonun 34 moddadan iborat bo„lsa
yangi tahrirdagi qonun 75 moddadan tashkil topgan. Qonunga ko„ra, davlat ta‟lim
muassasasining maqomi aniqlandi, ya‟ni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan
davlat mulki bo„lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta‟lim standartlariga va davlat
ta‟lim talablariga muvofiq ta‟lim beradigan muassasa e‟tirof etildi. Shuningdek, nodavlat ta‟lim
tashkilotining ham maqomi mustahkamlandi. Ya‟ni, davlat ta‟lim standartlari, davlat ta‟lim
talablari va o„quv dasturlariga muvofiq ta‟lim xizmatlari ko„rsatish faoliyatini amalga oshirish
huquqini beradigan lisenziya asosida ta‟lim xizmatlari ko„rsatuvchi yuridik shaxs nodavlat ta‟lim
tashkiloti deb belgilandi. Qonunda birinchi marta ta‟lim sohasining 16 ta muhim prinsipi
Do'stlaringiz bilan baham: |