10-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja: Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim


Download 90.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi90.54 Kb.
#1514797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Н. Курбонова 10-мавзу

Farmoniga
 
muvofiq O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni 
xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‟yicha “El-yurt umidi” jamg‟armasi 
tashkil etilgan edi. Jamg‟arma oldiga O‟zbekistonlik iqtidorli yoshlarni doktorantura va 
magistratura dasturlari bo‟yicha o‟qitish, turli soha mutaxassislarining malakasini oshirish va 
stajirovkasini tashkil etish, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‟rnatish, ularni 
mamlakatimizda bo‟layotgan ijtimoiyiqtisodiy islohotlarga jalb qilish, chet eldagi universitetlar 
va ilmiy markazlar bilan hamkorlikda yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qo‟mak berish 
vazifalari qo‟yilgan. Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2019-yilda davlat byudjetidan 45 
milliard so‟m ajratilishi rejalashtirilgan. Prezidentimiz ko‟rsatmasiga muvofiq, bu mablag‟ 
yanada oshiriladigan bo‟ldi. 
 
3. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi yangi tahrirdagi qonuni. Ta‟lim 
sohasida xalqaro hamkorlikning yo„lga qo„yilishi. 
Ta‟lim sifatini yangi bosqichga ko‟tarish masalasida 2020-yil 23-sentyabrda qabul 
qilingan yangi tahrirdagi “Ta‟lim to‟g‟risidagi” O‟zbekiston Respublikasining yangi 
Qonuni qabul qilindi. 
Mazkur qonun amaldagi qonundan ham normalarining ko„pligi, ham tartibga solish 
predmetining kengligi bilan ajralib turadi. Agarda, avvalgi qonun 34 moddadan iborat bo„lsa 
yangi tahrirdagi qonun 75 moddadan tashkil topgan. Qonunga ko„ra, davlat ta‟lim 
muassasasining maqomi aniqlandi, ya‟ni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan 
davlat mulki bo„lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta‟lim standartlariga va davlat 
ta‟lim talablariga muvofiq ta‟lim beradigan muassasa e‟tirof etildi. Shuningdek, nodavlat ta‟lim 
tashkilotining ham maqomi mustahkamlandi. Ya‟ni, davlat ta‟lim standartlari, davlat ta‟lim 
talablari va o„quv dasturlariga muvofiq ta‟lim xizmatlari ko„rsatish faoliyatini amalga oshirish 
huquqini beradigan lisenziya asosida ta‟lim xizmatlari ko„rsatuvchi yuridik shaxs nodavlat ta‟lim 
tashkiloti deb belgilandi. Qonunda birinchi marta ta‟lim sohasining 16 ta muhim prinsipi 

Download 90.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling