10-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja: Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim


Download 90.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi90.54 Kb.
#1514797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Н. Курбонова 10-мавзу

ko„rsatildi. Bu prinsiplar milliy mentalitetga asoslangan bo„lib, ular ta‟limning erkinligi, teng 
imkoniyatlar ta‟minlanashi, ta‟limning majburiyligi, ta‟lim olishning ochiqligi, eng asosiysi 
insonning butun hayoti davomida ta‟lim olishining belgilanganidir. 
Ta‟lim olish huquqi ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, 
kechki, masofaviy) ta‟lim olishni tashkil etish orqali kafolatlanadi. Oilada yoki mustaqil o„qish 
orqali ta‟lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o„rta ta‟lim olmagan shaxslarga 
akkreditasiyadan o„tgan davlat ta‟lim muassasalarida eksternat tartibida attestasiyadan o„tish 
huquqini berish asosiy yangiliklardan biri hisoblanadi. 
Ta‟lim tizimining qamrovi keng bo„lib, u ham hujjatlarni-davlat ta‟lim standartlarini, 
davlat ta‟lim talablarini, o„quv rejalari va o„quv dasturlarini qamrab olsa, tashkilotlar sifatida – 
davlat ta‟lim standartlarini, davlat ta‟lim talablari va o„quv dasturlarini amalga oshiruvchi va 
ta‟lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni, ta‟lim tizimining faoliyat ko„rsatishi 
va rivojlanishini ta‟minlash uchun zarur bo„lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik 
muassasalarni hamda ta‟lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning 
tasarrufidagi tashkilotlarni o„z ichiga oladi. Qonunda ta‟lim turlari qatoriga maktabdan tashqari 
ta‟lim turining ham kiritilgani ta‟limning insonparvarlikka yo„naltirilganidan dalolat beradi. 
Agarda, umumiy o„rta ta‟lim I–XI sinflarni o„z ichiga olsa, o„rta maxsus ta‟lim akademik 
liseylarda 9 yillik tayanch o„rta ta‟lim asosida 2 yil mobaynida amalga oshiriladigan bo„ldi. 
Shuningdek, professional ta‟lim boshlang„ich, o„rta va o„rta maxsus professional ta‟lim 


darajalariga ajratildi. Boshlang„ich professional ta‟lim kasb-hunar maktablarida IX-sinf 
bitiruvchilari negizida kunduzgi ta‟lim shaklida 2 yillik integrasiyalashgan dastur asosida bepul 
amalga oshiriladi. O„rta professional ta‟lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to„lov-shartnoma 
asosida davomiyligi 2 yilgacha bo„lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta‟lim shakllari bo„yicha 
amalga oshiriladi. O„rta maxsus professional ta‟lim texnikumlarda davlat buyurtmasi yoki 
to„lov-shartnoma asosida davomiyligi kamida 2 yil bo„lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta‟lim 
shakllari bo„yicha amalga oshiriladi. 
Qonunga ko„ra, davlat oliy ta‟lim, o„rta maxsus, professional ta‟lim muassasalari va 
ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o„rta maxsus, professional ta‟lim 
tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etilishi, nodavlat 
ta‟lim muassasalarini tashkil etish esa ularning ta‟sischilari tomonidan amalga oshirilishi 
mumkin. Bunda nodavlat ta‟lim tashkilotlari faoliyat yuritishi uchun lisenziya Ta‟lim sifatini 
nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi. Nodavlat ta‟lim tashkilotlarida umumiy 
o„rta va o„rta maxsus ta‟lim to„lov-shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. 
Ota-onalar va keng jamoatchilik taklifiga ko„ra Qonunda umumiy o„rta ta‟lim 
tashkilotlarining sinflari (guruhlari)da ta‟lim oluvchilar soni o„ttiz besh nafardan oshmasligi 
qat‟iy belgilab qo„yildi. 
Ma‟lumki, ta‟lim tashkilotlari faoliyati alohida va qat‟iy belgilangan hujjatlar – davlat 
ta‟lim standartlari va davlat ta‟lim talablari asosida tartibga solinadi. Davlat ta‟lim standartlari 
deganda davlat tomonidan ta‟limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar 
majmui tushuniladi. Davlat ta‟lim talablari esa ta‟limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga 
oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta‟lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, 
ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo„yiladigan majburiy talablardir. Davlat ta‟lim standartlari 
umumiy o„rta, o„rta maxsus, professional hamda oliy ta‟lim mazmuni va sifatiga oid talablarni 
belgilaydi. Davlat ta‟lim standartlari kasbiy standartlar asosida ishlab chiqiladi. O„zbekiston 
Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligi umumiy o„rta ta‟limning davlat ta‟lim standartlari ishlab 
chiqilishini ta‟minlaydi. 
Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining qator kafolatlari qonunda atroflicha 
belgilangan. Ta‟lim oluvchilarni ijtimoiy himoya qilish ham batafsil tavsiflangan. Shuningdek, 
ta‟lim tashkilotlarining xodimlarini ijtimoiy himoya qilish davlat tomonidan kafolatlangan. Eng 
muhim yangiliklardan biri-bu davlat akkreditasiyasi va ta‟lim tashkilotlari attestasiyasining farqi 
huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Ta‟lim tashkilotlari davlat ta‟lim standartlariga, davlat ta‟lim 
talablariga hamda o„quv dasturlariga muvofiqlik jihatidan attestasiyadan va davlat 
akkreditasiyasidan o„tkazilishi belgilangan, u besh yil muddatga amalga oshiriladi. 
Qonunda xorijiy davlatda ta‟lim olganlik hujjatini tan olish masalalari ham yoritilgan. 
Xususan, xorijiy davlatda 1992 yil 1 yanvardan keyin olingan ta‟lim to„g„risidagi hujjat tan olish 
jarayonidan o„tkazilganidan keyin O„zbekiston Respublikasining butun hududida qonuniy 
kuchga ega hujjat sifatida tan olinadi. Xorijiy davlatda olingan ta‟lim to„g„risidagi hujjatni tan 
olish Ta‟lim inspeksiyasi tomonidan amalga oshiriladi. 
Endi ta‟limning yangi masofaviy va dual ta‟lim kabi yangi shakllari joriy etiladigan 
bo„ldi. Masofaviy ta‟lim o„quv rejalari va o„quv dasturlariga muvofiq ta‟lim oluvchilar 
tomonidan zarur bilim, malaka va ko„nikmalarni axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan 
hamda Internet jahon axborot tarmog„idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.
Dual ta‟lim ta‟lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko„nikmalarni olishga qaratilgan 
bo„lib, ularning nazariy qismi ta‟lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta‟lim oluvchining ish 


joyida amalga oshiriladi. Masofaviy ta‟lim va dual ta‟limni tashkil etish tartibi O„zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Qonunchilikdagi yana bir yangilik oilada ta‟lim olish va mustaqil ta‟lim olish bilan 
bog„liq. Bolalarning oilada ta‟lim olishi va mustaqil ta‟lim olish uslubiy va maslahat yordami 
ko„rsatilgan holda tegishli o„quv dasturlari bo„yicha amalga oshiriladi. Oilada ta‟lim olish va 
mustaqil ta‟lim olish tartibi, shuningdek ta‟lim oluvchilarning toifalari ta‟lim sohasidagi 
vakolatli davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadi. Oilada ta‟lim olgan va mustaqil 
ta‟lim olgan shaxslarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta‟lim to„g„risidagi hujjatni 
berish davlat ta‟lim muassasalarining tasdiqlangan. 
O‟zbekistoh Respublikasining “Тa‟lim to‟grisida”gi qabul qilingan yangi tahrirdagi 
qonuni fuqarolarga taʼlim-tarbiya berish, kasb-hunar o„rgatishning huquqiy asoslarini va taʼlim 
sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan 
iborat konstitutsiyaviy huquqini taʼminlashdan iborat. 

Download 90.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling