O„zbekiston Respublikasida taʼlim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
– maktabgacha taʼlim
va tarbiya;
– umumiy o„rta va o„rta maxsus taʼlim;
– propessional taʼlim;
– oliy taʼlim;
– oliy taʼlimdan keyingi taʼlim;
– kadrlar qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
– maktabdan tashqari taʼlim.
O„zbekiston Respublikasining taʼlim tizimi quyidagilarni o„z ichiga oladi:
– davlat ta‟lim
standartlarini, davlat ta‟lim
talablarini, o„quv rejalari va o„quv dasturlarini;
– davlat ta‟lim standartlarini, davlat ta‟lim talablari va o„quv dasturlarini amalga
oshiruvchi ta‟lim
tashkilotlarini;
– ta‟lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
– ta‟lim tizimining faoliyat ko„rsatishi va rivojlanishini ta‟minlash uchun zarur bo„lgan
tadqiqot ishlarini bajaruvchi
ilmiy-pedagogik muassasalarni;
– ta‟lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek
ularning tasarrufidagi
tashkilotlarni o„z ichiga oladi.
Ta‟lim tizimi yagona va uzluksizdir.
Davlat jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi,
ijtimoiy
mavqeidan qatʼiy nazar, har kimga taʼlim olishda teng huquqlarni kafolatlaydi.
Nazorat savollari:
1. Mustaqillik yillarida ta‟lim sohasida qanday ishlar amalga oshirildi?
2. Kadrlar tayyorlashdagi mavjud muammolar va ularning hal etish istiqbollari.
3. Ta‟lim to„g„risidagi yangi tahrirdagi qonunning mazmun va mohiyati nimalardan iborat?
4. Ta‟lim sohasida so„nggi yillardagi o„zarishlar to„g„risida qanday qaror va farmonlar
mavjud?
5. Ta‟limning uzluksizligi deganda nimalarni tushunasiz?