Uchinchidan, ta‟lim-tarbiya jaryonidagi o‟zgarishlar tinglovchilar yoshlar oldiga ham
muhim vazifa qo‟yadi. Ular izlash, kerakli bilimlarni mustaqil qidirib topish, axborot to‟plash va
ularni ishlata bilishlari bilan bog‟liq.
Umuman olganda globallashuv davrida ta‟lim-tarbiya jarayoni zamon qo‟yayotgan
talablarga javob berishi, undan orqada qolmasligi muhim ahamiyatga ega. Bu mamlakatimizda
belgilangan demokratik jamiyat qurish vazifalarini amalga oshirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb
etadi. Ta‟lim sohasidagi yutuqlar taraqqiyotning kaliti bo‟lsa, tarbiya sohasidagi o‟ziga xoslik
O‟zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo‟lidan rivojlanishini kafolatlab beradi.
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev o‟zining “Tanqidiy tahlil, qat‟iy tartib-intizom va
shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‟lishi kerak” asarida ta‟lim
va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta‟limning yangi, zamonaviy
usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar
ahvolini tanqidiy tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e‟tibor qaratdilar.
Birinchi vazifa - maktabgacha ta‟lim soxasida. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish 27
foizni tashkil etadi. Tasdiqlangan dasturga ko‟ra, bu yo‟nalishda 2 ming 200 ta muassasaning
moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb
etgan xolda, o‟quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‟rib chiqish zarur.
Ikkinchi vazifa - umumta‟lim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari, shuningdek,
oliy o‟quv yurtlaridagi o‟qitish sifati bilan bog‟liq. Zamonaviy o‟quv reja va uslublarini joriy
etish talab darajasida emas. Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jaxon
sivilizatsiyasi tarixini, horijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‟rgatish
zarur.
Uchinchi vazifa - ta‟lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini oqilona
joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soxa va har bir hududning zarur mutaxassislarga
bo‟lgan talabini to‟g‟ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |