10-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja: Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim


 O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar


Download 90.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi90.54 Kb.
#1514797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Н. Курбонова 10-мавзу

 
2. O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma‟naviy-axloqiy 
jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‟liq bo‟lgan uzluksiz ta‟lim tizimi orqali har tomonlama 
barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tarzda fuqaroning eng asosiy 
konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‟lgan bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, 
intellektual jihatdan rivojlanish, kasbi bo‟yicha mehnat qilish huquqi ro‟yobga chiqariladi. 
Respublikamizda uzluksiz ta‟lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat 
ta‟lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‟zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‟li bilan 
boshqarib boriladi. O‟zbekiston Respublikasi tomonidan inson huquqlari, ta‟lim, bola huquqi 
sohasidagi shartnomalar va konvensiyalarning bajarilishi, kadrlar tayyorlash sohasida jahon 
ilg‟or tajribasini hisobga olish uzluksiz ta‟lim va kadrlar tayyorlash tizimining barcha jihatlariga 
daxldor bo‟lib, uning rivojlanish omillaridan biridir. 
O‟tgan yillarda ta‟lim tizimini isloh qilish jarayonida respublikamizda mustahkam 
huquqiy, tashkiliy, moddiy-texnik baza yaratildi, bu intellektual salohiyati yuqori va barkamol 
yosh avlodni o‟qitish va tarbiyalashning mazmunini yangilashga ko‟maklashdi. Mustaqillik 
yillarida respublikamizda ta‟lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat 
siyosatining asosiy ustuvor yo‟nalishlari darajasiga ko‟tarildi. Biroq, o‟tkazilgan tahlillar 
maktabgacha ta‟lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada 
emasligini ko‟rsatmoqda. Shu bilan birga, umumiy o‟rta va o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi 
rivojlanishini tahlil qilish natijalari tizimning bugungi kun talablariga javob bermasligini va tub 
islohotlarga muhtojligini ko‟rsatdi. Shu bilan birga, islohotlar amalga oshirilgan yillarda umumiy 
o‟rta, shuningdek, o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limini rivojlantirish, 12 yillik majburiy ta‟limga 
o‟tish natijalarini har tomonlama tahlil qilish hozirgi o‟rta maxsus, kasb-hunar ta‟limi tizimi 
bugungi kun talablariga javob bermasligini va tubdan isloh qilishga muhtoj ekanligini ko‟rsatdi. 


Umuman olganda, kasb-hunar ta‟limining obro‟si hamda o‟qituvchilar, tarbiyachilar va 
murabbiylarning, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning ijtimoiy maqomi pasayib bormoqda. Oliy 
malakali kadrlardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorgarligining sifatini 
nazorat qilish hamda baholash tizimi hozirgi zamon talablari darajasida emasligi ta‟kidlandi. 
Shuningdek, bugungi kunda mamlakatimiz oliy ta‟lim tizimida kadrlar tayyorlash 
tizimining demokratik o‟zgarishlar va bozor islohotlari talablariga muvofiq emasligi, o‟quv 
jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali ilmiy-pedagog 
kadrlarning yetishmasligi, sifatli o‟quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar hamda didaktik 
materiallarning kamligi, ta‟lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‟rtasida samarali o‟zaro hamkorlik 
va o‟zaro foydali integratsiyaning yo‟qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy 
kamchiliklar sirasiga kiradi. 
Bugungi kunda respublikada 9,7 ming maktabda jami 5,2 million o‟quvchi ta‟lim 
olmoqda. Bu aholining 16 foizini tashkil etadi, o‟quv-tarbiyaviy va boshqaruv jarayonida 450 
mingdan ziyod xodim mehnat qilmoqda. Biroq so‟nggi 20 yilda asosiy e‟tibor kollej va 
litseylarga qaratilib, umumta‟lim maktablari faoliyatini zamon talablariga javob beradigan yaxlit 
bir tizimga aylantirish bo‟yicha amalga oshirilgan ishlar qoniqarsiz bo‟lgan. Bu kabi holatlar 
maktablarda erkak o‟qituvchilarning kamayishiga ham sabab bo‟lib, hozirgi kunda maktablarda 
erkak o‟qituvchilar 30 foizni, Toshkent shahrida esa 10 foizni tashkil qilishi qayd etildi. 
Prezident dunyoda ilmiy-texnik rivojlanish va ishlab chiqarish jarayonlarining 
avtomatlashish darajasi oshayotgani sababli past malakali ishchi kuchiga ehtiyoj kamayib 
borayotganligini, jumladan, Xitoy ham aynan zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ta‟limga 
qattiq e‟tibor qaratib, katta sarmoyalarni yo‟naltirayotganligini alohida ta‟kidladi. Sababi jahon 
va mamlakatimizda ro‟y berayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlar va innovatsion 
o‟zgarishlarning rivojlanishi mos ravishda jamiyatda ta‟lim jarayonlarini modernizatsiyalashni 
talab etadi. Uzluksiz ta‟lim butun ta‟limdagi o‟zgarishlarni shakllantiruvchi tizim sifatida, 
mehnat bozorida mutaxassislarning malakasi va kasbiy kompetensiyalarining rivojlanishini 
belgilovchi va umuman iqtisodiyot va jamiyatning rivojlanish darajasini oshiruvchi asosiy 
omillardan biri hisoblanadi. Uzluksiz ta‟limning rivojlanishi shuningdek, ilmiy-texnik jarayonlar, 
informatsion texnologiyalarni joriy etish va innovatsion o‟zgarishlar bilan izohlanadi. 
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‟yicha ustuvor vazifalarga muvofiq 
kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko‟rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida 
oliy ma‟lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 
O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta‟lim tizimini yanada 

Download 90.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling