10-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.
Reja:
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi.
2. O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar.
3. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim to„g„risida”gi yangi tahrirdagi qonuni. Ta‟lim
sohasida
xalqaro hamkorlikning yo„lga qo„yilishi.
Tayanch so’z va iboralar: Ta‟lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli, “Ta‟lim to‟g‟risida”gi
Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Uzluksiz ta‟lim” konsepsiyasi, YUNESKO, “El-
yurt umidi” jamg‟armasi, 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Ta‟lim
to‟g‟risidagi” O‟zbekiston Respublikasining yangi Qonuni.
1. Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi.
Global o‟zgarishlar davrida ta‟lim-tarbiyaga extiyoj ortib boradi. Chunki hayot o‟zgarish
sur‟atlari tezlashadi. Bu bir tomondan, turli xalqlar
hayotida umumiy jihatlarni, qulayliklarni
yaratib bersa, ikkinchi tomondan axborot makoni kengayadi. Turli maqsad va manfaatlarga
yo‟naltirilgan har xil g‟oya,
qarashlar, uni targ‟ibot qilish texnologiyalari, ijtimoiy ong va
tafakkur o‟sib borib, samaradorlikka erishish uchun harakat qiladi.
Ta‟lim-tarbiyaning “sovetcha” modeli o‟rnida yangi, ya‟ni hozirgi zamonda ta‟lim-
tarbiya sohasida
dunyoda erishilgan yutuqlarga, axborot kommunikatsiya tizimi, pedagogik
texnologiyalarni joriy etgan holda ta‟limni
amalga oshirishga, ta‟lim sohasiga yangi
innovatsiyalarni joriy etishga davlat siyosati darajasida e‟tibor berilmoqda. Uning yutuqlarini esa
dunyo e‟tirof etmoqda.
Mustaqillik yillarida
“Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” qabul qilindi. Ma‟lumki, “Ta‟lim to‟g‟risidagi Qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” (1997-yil 29-avgustda qabul qilingan) qabul qilingach, ta‟lim tizimi tubdan isloh qilina
boshlandi. Bu muhim hujjatlarga ko‟ra respublikamizda kasb-hunar kollejlarini jadal sur‟atlar
bilan rivojlantirish chora tadbirlari belgilangan. Bu birinchidan mutaxassislar tayyorlash sifatiga
bog‟liq bo‟lsa, ikkinchi tomondan o‟quv yurtining zamonaviy texnologiyalar bilan
ta‟minlanganligiga bog‟liq. Kasb-hunar kolleji muhandis-pedagog xodimlari oldiga
tayyorlanayotgan ishchi
kadrlarga ilmiy dunyoqarashni, mehnatga ijodiy munosabatini tarkib
toptirish ularda yuksak mehnat intizomini va madaniyatini, jamoa oldida burch his-tuyg‟ularini
tarbiyalash kabi vazifalarni qo‟yadi.