10-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja: Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim


Download 90.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana16.06.2023
Hajmi90.54 Kb.
#1514797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Н. Курбонова 10-мавзу

To‟rtinchi vazifa - nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‟quv yurtlaridagi ilm-fanni 
yanada rivojlantirish. Bu o‟rinda ikkita asosiy vazifani xal etish zarur: birinchi - ilmiy 
muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg‟or horijiy markazlar darajasida va olimlar 
talablariga muvofik sezilarli ravishda mustahkamlash kerak.
Beshinchi vazifa - kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni xal qilishdir. Bu 
o‟rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‟rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning 
betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‟ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti 
yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratishdir. 
Bugungi zamonaviy jamiyatda inson faoliyatining eng keng sohalaridan biri - bu ta‟lim 
hisoblanadi. Oxirgi yillarda ta‟limning ijtimoiy roli ortib, dunyoning aksariyat davlatlarida 
ta‟limning barcha turlariga bo‟lgan munosabat o‟zgardi. Ta‟lim ijtimoiy va iqtisodiy 


taraqqiyotning bosh, yetakchi omili sifatida qaralmoqda. Bunday e‟tiborning sababi zamonaviy 
jamiyatning eng muhim qadriyati va asosiy kapitali - bu yangi bilimlarni izlash, egallash va 
nostandart qarorlar qabul qilishga qodir bo‟lgan inson hisoblanadi. Shunday ekan, hozirgi davrda 
ta‟lim shaxs va jamiyatni rivojlantirishda hal qiluvchi rol o‟ynaydi. 
O‟tkazilgan tahlillarga ko‟ra, davlat uchun uzluksiz ta‟lim har bir shaxsning kasbiy va 
umumiy rivojlanishi uchun maqbul shart-sharoitlarni ta‟minlash borasidagi ijtimoiy siyosatning 
yetakchi sohasi hisoblansa, jamiyat uchun esa, uzluksiz ta‟lim ijtimoiy ishlab chiqarishni 
rivojlantirishning 
muhim 
sharti, 
mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish 
jarayonini 
tezlashtiruvchi hamda uning kasbiy va madaniy salohiyatini oshirib boruvchi mexanizm 
hisoblanadi. Jahon hamjamiyati uchun uzluksiz ta‟lim xalqaro hamkorlik asosida milliy 
madaniyatlarni va umuminsoniy qadriyatlarni saqlash, rivojlantirish va o‟zaro boyitish usuli 
hisoblanadi. 
Umuman olganda, uzluksiz ta‟lim shaxs va jamiyatning mos ehtiyojlari davlat va jamiyat 
institutlari va tashkiliy ta‟minlovchi tizim orqali shaxsning butun hayoti davomidagi ta‟lim 
(umumiy va kasbiy) salohiyatining o‟sish jarayoni bilan kechadi. 
Uzluksiz ta‟lim ijodkor, ijtimoiy faol, kreativ, ma‟naviy boy shaxsni shakllantiruvchi va 
yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda oldinda borishlik uchun zarur sharoitlar 
yaratadi. Ta‟limning turlariga o‟z navbatida maktabgacha, umumiy o‟rta, o‟rta maxsus, kasb-
hunar, oliy, oliy o‟quv yurtidan keyingi ta‟lim, kadrlar qayta tayyorlash va malakasini oshirish 
va maktabdan tashqari ta‟limni kiritish mumkin. 

Download 90.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling