10-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja: Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim


Download 90.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana16.06.2023
Hajmi90.54 Kb.
#1514797
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Н. Курбонова 10-мавзу

Milliy dasturning asosiy maqsadi: ta‟lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‟tmishdan 
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‟la halos etish, rivojlangan demokratik davlatlar 
darajasida, yuksak ma‟naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar 
tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. 
Jamiyatda sodir bo‟layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o‟zgarishlar ta‟lim 
tizimiga, xususan o‟rta maxsus kasb-hunar ta‟limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri ta‟lim 
oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma‟naviy-
ruxiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta‟lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir. 
Kadrlar tayyorlash milliy modeli ishlab chiqilib, yangicha dunyoqarash, g‟oya va 
mafkuralar xilma-xilligiga asoslangani shaxsning ta‟lim darajasi va salohiyatini oshirishga
mustaqil fikrlaydigan, ijodiy yondoshuv madaniyatiga ega bo‟lgan, yangi avlod kadrlarini 


tayyorlash ta‟lim-tarbiya sohasida muhim o‟rin tutadi. Bu borada e‟tibor berilishi zarur bo‟lgan 
vazifalar sifatida quyidagilarni aytib o‟tish mumkin. 
Birinchidan, mamlakatimizda demokratik jamiyat ko‟rish vazifalarini amalga oshirishda 
ta‟lim-tarbiyani tubdan isloh etish va uni modernizatsiyalashtirish muhim rol o‟ynaydi. 
Ikkinchidan, globallashuv davrida o‟qituvchining pedagogik jarayondagi asosiy 
vazifalari o‟zgaradi. Uni boshqaruvchanlik faoliyatiga yangicha talablar qo‟yiladi. Boshqarish - 
bu yo‟naltirish, vazifa qo‟yish, o‟rganish, yordam berish va qo‟llab-quvvatlashni hamda 
maslaxat berish, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish, ko‟rsatma berishlari o‟z ichiga oladi. 
Ta‟lim-tarbiyada donishmand va mutafakkirlarning, xalqimizning milliy ma‟naviy qadriyatlariga 
tayanish muhim ahamiyatga ega. 

Download 90.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling