10-mavzu. O`zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Reja: Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. O„zbekistonda kadrlar tayyorlash sohasidagi o„zgarishlar. O„zbekiston Respublikasining “Ta‟lim
rivojlantirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi 2909-sonli qarori qabul qilindi
Download 90.54 Kb. Pdf ko'rish
|
Н. Курбонова 10-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta‟lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi.
- Ta‟lim sohasini isloh etish borasida 2016-2018 yillarning o‟zida O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti va
- O‟zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018-yil 25-sentyabrdagi
rivojlantirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi 2909-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror
bilan oliy ta‟lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy ta‟lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy o‟quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash bo‟yicha Oliy ta‟lim tizimini 2017-2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Ta‟lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‟tarish, shuningdek uzluksiz ta‟lim tizimida ta‟lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‟quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Ta‟lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashkil etildi. Respublikada ta‟lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta‟lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta‟mirlash barobarida ularni zamonaviy o‟quv va laboratoriya jihozlari, kompyuter texnikasi, o‟quv-metodik qo‟llanmalar bilan ta‟minlash bo‟yicha keng ko‟lamli choralar ko‟rilmoqda. Ta‟lim sohasini isloh etish borasida 2016-2018 yillarning o‟zida O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ta‟lim sohasiga doir yetmishdan ortiq farmon, qaror va farmoyishlari qabul qilindi. Ushbu g‟oyat muhim huquqiy hujjatlar mamlakatimizda ta‟lim tizimini tom ma‟noda sifat jihatdan tubdan o‟zgarish va yangilashlar jarayonlari uchun asos bo‟ldi. Ta‟lim-tarbiya tizimini mutlaqo yangi bosqichga ko‟tarish maqsadida 2018- yil 5- sentyabr kuni davlatimiz rahbarining “Xalq ta‟limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‟yicha qo‟shimcha chora-tadbirlar to‟g‟risida”gi Farmoni, shuningdek, qator qarorlari qabul qilindi. Prezident Farmonida xalq ta‟limi tizimini isloh qilishning asosiy yo‟nalishlari etib quydagilarni belgilab berilgan: – umumiy o‟rta va maktabdan tashqari ta‟limni sifat jihatidan yangi darajaga ko‟tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‟quvchilarning ma‟naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta‟minlash; – ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‟zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas‟uliyatini kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mazkur yo‟nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq belgilash va tartibga solish; – rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‟or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‟li bilan xalq ta‟limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish; – xalq ta‟limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta‟minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‟lgan ma‟lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting tizimini joriy etish; – xalq ta‟limi muassasalari xodimlarini moddiy rag‟batlantirishni va ijtimoiy muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib sharoitlarni yaratish; – zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‟li bilan umumiy o‟rta va maktabdan tashqari ta‟lim sohasida nodavlat xizmatlarni ko‟rsatishga oid faoliyat bilan shug‟ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog‟ini yanada rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini samarali joriy etish; – xalq ta‟limi tizimiga ilg‟or xorijiy tajribani, o‟quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta‟lim berishning innovatsion usullarini joriy etish, o‟quv va o‟quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish. Ushbu sa‟y-harakatlar natijasida xalq ta‟limi tizimi joriy yilda 16 ming nafar oliy ma‟lumotli yosh kadr bilan to‟ldirildi. Qariyb 13 ming nafar erkak o‟qituvchi maktablarga qaytdi. Keyingi yillarda ta‟lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Prezident qarori bilan 2017-2021 yillarda Oliy ta‟lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 2018-yilda mamlakatimizda 13 ta yangi oliy ta‟lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etildi. Fanlar akademiyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari boshlandi. Ma‟lumki, O‟zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018-yil 25-sentyabrdagi Download 90.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling