10-mavzu: Shayboniylar davri va o’zbek xonliklari tangalari Reja
Download 300.71 Kb.
|
Ma\'ruza-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avariz
Tayanch atama va tushunchalar
Uch geometrik xalqa - “Amir Temur - uch qit’aning hukmdori”, degan ma’no Rui de Gonsales Klavixo xotiralarida mavjud. Mir - Muhammad Sulton tangalari, Jahongir va Xalil Sulton tangalari. La iloha illoloh Muhammad rasul Olloh – tangalarning old tomonidagi yozuvlar Sap shumor - jon boshiga to‘lanadigan soliq, miqdori 1 dinordan 10 dinorgacha bo‘lgan, aholining hamma tabaqasiga tarqalgan va boylik darajasiga qarab aniqlangan; Xarj - Temuriylar va ulardan keyingi davrga taa’lluqli yer solig‘i. U olingan hosilning 3 dan 1 qismiga teng bo‘lib, pul yoki mahsulot shaklida olingan. Sap daraxt - mevali daraxtlar va uzumlar uchun to‘lanadigan soliq, pul shaklida olingan. Dudi - tutun solig‘i, har bir uy yoki hovlidan o‘z ehtiyojlari uchun tayyorlangan o‘tindan foydalanganligi uchun soliq, mahsulot shaklida, keyinchalik esa pul shaklida olingan. Avariz - favqulotda soliq, shaxar yoki qishloq ahalisidan urush chiqimlarini va saroyda o‘tkaziladigan bayramlarni qoplash maqsadida olingan. Uloq - davlat xizmatidagi odamlarga beriladigan ot. Mir xazaron - ma’lum bir joyda yashovchi aholidan shu yerdagi qo‘shinni ta’minlashda olinadigan soliq. xoniy – Shayboniylar kumush tangasi “pul”, “qora pul” - Shayboniylarda mis tanga turlari “ko‘hina” va “yangi tangalar” - Shayboniylarda eski va yangi tangalarning bo‘linishi “Ma’sumi g‘ozi”- Buxoro amirlarining unvoni Ashrafiy – Buxoro amirligidagi oltin tanga “pul”, “mis pul”, “qora pul” – Buxoro amirligida mis tangalarning turlari “puxta” tanga va “tillo” tanga – Xiva xonligida oltin tangalar ikkiga bo‘lingan. “Puxta” tillo (10 so‘mlik), “tillo” (5 so‘mlik) “tanga”- Xiva xonligida kumush tanga “pul”- mis tanga “shoyi”, “Abbos shoyi”, “yarim shoyi” - Xiva xonligida kichik mis tangalar Download 300.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling