10-mavzu: Sodda gap sintaksisi. Gapni boʻlaklari. Bosh boʻlaklar. Ega va uning ifodalanishi. Kesim, uning turlari, ifodalanishi. Gap boʻlaklarining ta’rifi va tasnifi. Ega va uning ifodalanishi. Kesimning ta’rifi va turlari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana20.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1787964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
10-ma\'ruza

 
 
 
 
 
Bir bosh bo’lakli gaplar 
Sodda gap tuzilishi asosining tarkibiga ko’ra ikkiga bo’linadi: ikki bosh 
bo’lakli gaplar va bir bosh bo’lakli gaplar.
Ikki bosh bo’lakli gapning tuzilish asosi bosh bo’laklarning har ikkisi: Egasi 
va kesimidan iborat bo’ladi. Masalan: Toshdagi rasmlar bundan ko’p ming yil 
avval o’tgan bobokalonlarimizning ijodi ekan. (P.Qodirov). Shamol g’uj-g’uj 
archalarning hidini olib keladi. (P.Qodirov). 
Bir bosh bo’lakli gaplarning tuzilish asosi esa yo kesim tarkibidan, yo ega 
tarkibidan tashkil topadi. Kesim yoki kesim tarkibidan tashkil topgan gaplarda ega, 
ega yoki tarkibidan tashkil topgan gaplarda kesim qatnashmaydi va bunday 
bo’lakka ehtiyoj ham bo’lmaydi. Bunday gaplarda predikativlik bir bo’lak bilan 
ifodalanadi. M: Oyko’lliklarni yaxshi gaplar bilan yo’ldan qaytarishda (P. Q.). Bu-
shamol 
archaning 
kuchli 
esgan 
ikkiga 
tanasini 
katta 
tanasini 
archaning 
tunda 
Kecha 
katta 
ayirib yuboribdi. 


gungi ishni ertaga qo’yma. (Maqol). Yosh bo’lsa, ko’p narsani boshidan kechirgan. 
(P.Qodirov). Oqshom chog’i... Vatan bo’ylab qadam – qadamlab Quyosh o’tdi 
dengizlar, tog’lar ortiga. (Shayxzoda). Aqlni beaqldan o’rgan. (Maqol). 
Bir bosh bo’lakli gaplar, bosh bo’lakning qaysi biridan tashkil topishiga ko’ra, 
ikki guruhga bo’linadi: Egasiz gaplar, kesimsiz gaplar. 
Egasiz bir bosh bo’lakli gaplar faqat kesim tarkibidan topish mumkin yoki 
mumkin emasligiga ko’ra egasi topiladigan va egasi topilmaydigan gaplarga 
bo’linadi. 
Kesimsiz bir bosh bo’lakli gaplar nominativ (atov) gaplardir. 
So’zlovchi borliqdagi narsa, hodisalarni gap orqali aks ettiradi. Bunda u o’z 
oldiga har xil maqsad qo’yadi. Gap orqali biror fikr haqida xabar beradi yoki 
o’ziga ma’lum bo’lmagan voqea-hodisa to’g’risida savol beradi. Shu savolga
javob olishni istaydi yoki o’z xohishini (buyruq, iltimos kabilarni) ifodalanishini 
ko’zda tutadi. M: Mart oyida talabalarning ilmiy nazariy konferensiyasi bo’ladi. 
Siz til to’garagiga a’zo bo’ldingizmi? Auditoriya tozalansin. 1-gap xabar 
bermoqda, 2-gap so’roqni bildiradi. 3-gap buyruqni anglatmoqda. Mana shu 
nuqtayi nazardan ham aytilayotgan gaplar maqsadiga ko’ra: darak, so’roq, buyruq, 
istak gaplarga bo’linadi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling