10-mavzu: Sodda gap sintaksisi. Gapni boʻlaklari. Bosh boʻlaklar. Ega va uning ifodalanishi. Kesim, uning turlari, ifodalanishi. Gap boʻlaklarining ta’rifi va tasnifi. Ega va uning ifodalanishi. Kesimning ta’rifi va turlari


– Qishloqda qanday yangiliklar bor? –


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana20.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1787964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
10-ma\'ruza

Qishloqda qanday yangiliklar bor?
Hech qanday yangilik Yo’q. 
 Men Samarqandlikman. 
 Siz-chi? 
So’roq gaplar tarkibida nahot, nahotki, axir, rostdan kabi so’zlar ishtirok 
etishi mumkin. Bunda so’roq bilan bir vaqtda har xil modallik ottenkalari 
(shubha, gumon, ishonchsizlik, ta’kid kabilar) ham anglashiladi. M: Nahotki ertaga 
ham Yomg’ir tinmasa-ya? Sizga necha marta aytish kerak, axir? 
So’roq gaplar ifodalanish vositalari  jihatidan quyidagicha bo’ladi: 
1.Yuklamalar 
vositasida 
tarkib 
topgan 
so’roq 
gaplar. Bunda 
ifodalanayotgan fikr so’zlovchi uchun noma’lum bo’lmaydi. So’zlovchi bu holda 
o’z fikrining tinglovchi tomonidan tasdiq yoki inkor qilinishini bilib olishni 
maqsad qilib qo’yadi. Bunday so’roq gaplarda ko’pincha ha, yo’q, so’zlari 
ishlatiladi. Masalan: Moskvani ko’rganmisan? – Yo’q. Toshkentni-chi?  Ha. 
2. So’roq olmoshlari vositasida shakllangan so’roq gaplar. Bunday so’roq 
gaplar kim?, nima?, qanday?, qaysi?, qayerda?, qayerga?, qachon?, nima uchun? 
singari so’roq so’zlar yordamida tuziladi. Bu so’zlar nima haqida so’roq 


berilganligini bildiradi. Bunda so’roq gap so’zlovchi uchun noma’lum bo’lgan 
narsani aniqlab olishga qaratilgan bo’ladi. Masalan: Qayerdan keldingiz? 
Qishloqdan. Kimingiz bor? Onam, otam, akam, singlim. 
3.So’roq ba’zan intonatsiya vositasidagina anglashishi mumkin. Bunday 
so’roq gaplarda ko’pincha taajjub, shubha, hayratda qolish kabi modal ottenkalar 
ifodalanadi. Masalan: Zalga to’planinglar. Konsert bo’larmish. – Konsert 
bo’larmish? Faqat intonatsiya bilan shakllangan so’roq gaplar o’ziga xos balandroq 
ovoz bilan talaffuz etiladi. 
So’roq gaplar xarakteriga ko’ra 3 xil bo’ladi: 1. Sof so’roq gaplar. 2. Ritorik 
so’roq gaplar. 3. So’roq buyruq gaplar. 
Sof so’roq gaplar tinglovchidan ma’lum javobni talab qiladi. Masalan: Sen 
bu yil qayerga dam olishga bording? Sizlar qaysi to’garakka a’zo bo’ldilaringiz? 
Sof so’roq gaplarda taajjub, gumon, shubha kabi qo’shimcha ottenkalar 
ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Nahotki, ilmli kishi ham tartibsizlik 
qilsa?(taajjub). Uning oldiga borib , bor gapni aytib bersammikan? 
Ritorik so’roq gaplarda so’roq ichida uning javobi ham anglashinib turadi. 
Ritorik so’roq gaplar ichida yashirin tasdig’i mavjud bo’ladi. Ritorik so’roq 
gaplarda ularning javobi shu gapdagi biror bo’lak yoki ha, yo’q so’zlari orqali 
berilishi mumkin. Ko’rinadiki, ritorik so’roq gaplarda oddiy xabar berishdan 
tashqari emotsionallik va modallik ma’nolari kuchli bo’ladi. Masalan: Bu 
ishni kechiktirib bo’ladimi? 
Ritorik so’roq gap ta’sirchan nutq uchun vosita bo’lib xizmat qiladi. Masalan: 
Ayting, nega mening onam tug’maydikan, ilgari million-million qahramonlar
ko’ngillilar singari? Bolaning tug’ilishidan hayotining boshlanishini kim bilmaydi 
deysiz? 
Ritorik so’roq gaplarning maxsus turini aytmaysizmi? bo’ladimi? so’zlari 
bilan kelgan gaplar tashkil qiladi. 
Masalan: Bugun ro’paramdan birga o’qigan do’stim chig’ib qolsa bo’ladimi? 
Ahmadjonni aytmaysizmi? Yaxshi talaba bo’lib qoldi. 


So’roq-buyruq gaplar buyruq ottenkasini o’z ichiga oladi: Masalan: Tez-tez 
yurmaysanmi? So’roq buyruq gaplar maxsus so’roq intonatsiyasi bilan talaffuz 
qilinadi. Bu intonatsiya darak gap intonatsiyasidan keskin farq qiladi. So’roq 
gaplarda bevosita so’roqni bildirgan so’zda ovoz kuchayadi. 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling