10-mavzu: Sodda gap sintaksisi. Gapni boʻlaklari. Bosh boʻlaklar. Ega va uning ifodalanishi. Kesim, uning turlari, ifodalanishi. Gap boʻlaklarining ta’rifi va tasnifi. Ega va uning ifodalanishi. Kesimning ta’rifi va turlari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana20.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1787964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
10-ma\'ruza

Buyruq gap. Buyruq, iltimos, taklif, xohish, o’git-nasihat, xitob, 
ogohlantirish kabi har xil ma’no ottenkalarini ifodalovchi gap buyruq gap deyiladi. 
Buyruq gaplar har xil intonatsiya bilan talaffuz qilinadi. Qat’iy buyurish, talab 
anglatuvchi gaplar ancha past va mayin ohang bilan talaffuz qilinadi. Tinch ohang 
bilan aytilgan buyruq gaplar oxiriga yozuvda nuqta qo’yiladi. Kuchli emotsiya 
bilan talaffuz qilingan gaplar oxiriga undov belgisi qo’yiladi. Masalan: Seni ish 
yengmasin, sen ishni yeng! A’lochi bo’lay desang ko’p o’qi! Guruhimiz 
o’zlashtirishda yetakchi bo’lsin! 
Buyruq gapning kesimi ko’p vaqtda buyruq maylidagi fe’l bo’ladi. Buyruq 
gaplar odatda tinglovchi shaxsga qaratilgan bo’ladi. Shuning uchun ham ularning 
kesimi buyruq maylining III shaxs formasida bo’ladi. Ba’zan buyruq maylining 
birinchi va ikkinchi shaxs formalarida ham bo’ladi. M: Prezidentimiz asarlarini 
qunt bilan o’rganaylik. 
Rasmiy nutqda (farmonlar va qarorlar kabilarda) buyruq gaplarning kesimi 
odatda majhul darajadagi fe’lning uchinchi shaxs buyruq formasi bilan ifodalanadi. 
Masalan: Ishni eplolmagani uchun o’z vazifasidan bo’shatilsin. To’g’on qurilishi 
o’z muddatida tamomlansin. 
Istak gaplar. Istak gaplarda biror-bir narsa haqida istak, xohish, orzu kabi 
tuyg’ular aks ettiriladi. Bunday gaplarning kesimi shart maylidagi (-sa affiksli) 
fe’llar bilan ifodalangan bo’ladi: Qani endi, A’zamjon ham shunaqa bo’la qolsa
edi. Istak gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi. 
Undov gap. Darak, so’roq, buyruq gaplar kuchli intonatsiya bilan ifoda 
qilinishi mumkin. Bu intonatsiyada so’zlovchining his-hayajoni, ruhiy 
kechinmalari o’z ifodasini topishi mumkin. Bunday gaplar undov gap deyiladi. 
Undov gap maxsus intonatsiya bilan gapning boshqa turlaridan farq qiladi, ya’ni 
kuchli intonatsiya bilan aytiladi.


Odatda his-hayajonni ifoda qilayotgan so’z kuchli ohangga ega bo’ladi. 
Mazmuniga ko’ra undov gaplar 3 turga bo’linadi: 1.Darak undov gap. 2.So’roq 
undov gap. 3.Buyruq undov gap. 
Masalan: Eh do’stim! Qani endi fazoga uchsam! (darak undov gap). Bu 
xiyonatning ijodkori kim?! (so’roq undov gap). Talaba yoshlarimizga shon-
sharaflar bo’lsin! 
Undov gaplarda shodlik, quvonch, tantana, taajjub, qayg’u, afsuslanish 
kabi ma’nolar ifodalanadi. Masalan: Qarang-a, o’zi qiz bo’lsa ham o’g’il boladek 
(hayratlanish, qoyil qolish). Yashasin davrimizning aql idroki, shon-sharafi va 
vijdoni – O’zbekiston Respublikasi! (shodlik, quvonch, tantanalar). Voy- dod! Huv
qizim o’g’irlandi, - deb qichqirdi, kampir (qayg’u alam). 
Undov gaplar quyidagi xususiyatlarga ega: 
1. Uning tarkibida ko’pincha undovlar, yuklamalar, so’roq olmoshlari
qatnashadi. O’ho’, juda faol bo’lib ketibsan-ku! Nahotki shuncha gaplardan keyin 
o’ziga xulosa chiqarib olmasa! Eh, bahorning gashtiga nima yetsin! 
2. Undov gaplarda gap bo’laklarining tartibi ba’zan o’zgarishi mumkin: 
Yashasin tinchlik! 
Yozma nutqda darak undov gaplar va buyruq undov gaplar oxirida undov 
belgisi qo’yiladi. Juda kuchli emotsiya bilan aytilgan undov gaplar oxiriga ikkita 
yoki uchta undov belgisi qo’yiladi. Masalan: Assalom! Assalom! Ey mehribon ona 
Vatan!
So’roq undov gaplar oxiriga ham so’roq, ham undov belgisi qo’yiladi. Bu 
hayotning ijodkori kim?! Nega hammadan oldin o’rningdan otilib turding?! 

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling