10-mavzu: Sodda gap sintaksisi. Gapni boʻlaklari. Bosh boʻlaklar. Ega va uning ifodalanishi. Kesim, uning turlari, ifodalanishi. Gap boʻlaklarining ta’rifi va tasnifi. Ega va uning ifodalanishi. Kesimning ta’rifi va turlari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/16
Sana20.11.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1787964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
10-ma\'ruza

Darak gap. So’zlovchining biror fakt, voqea-hodisa to’g’risida xabar berishi 
yoki ma’lum predmetda muayyan belgining mavjudligini tasdiq yoki inkor 
qilinishini ifodalovchi gap darak gap deyiladi.
Masalan: Mo’min Mirzoni qal’aga keltirib qamashgan kuni Navoiy 
Mashhadda edi. Darak gapda sof darak mazmuni ifodalanib qolmasdan, bunda 
so’zlovchining voqelikka bo’lgan turli xil munosabatlari ham o’z aksini topadi
ya’ni gumon, orzu-umid, ishonch, ta’kid, g’urur, modallik, ekspressivlik kabi 
ma’noni ifodalaydi. Masalan: Uzoq-uzoqlarda gulxanlar tovlanadi. Ertaga, albatta, 
kutubxonaga boramiz. Uyga mehmonlar kelishgan, kelishsa kerak (gumon, 
ikkilanish). Men ham Moskvani ko’rishni xohlayman (orzu-umid). 
Darak gap darak intonatsiyasi bilan aytiladi. Bunda gapning birinchi qismida 
ohang ko’tariladi, ikkinchi qismida esa pasayadi. M.:Yoz kechasining yoqimli 


salqini. Ko’kda, daraxtlar ustida g’uj-g’uj yulduzlar yonadi. Chirildoqlarning 
mayin musiqasi hamma yoqni to’ldirgan, go’yo kechaning o’zi kuylaydi (O.). 
Darak gapning kesimi ko’pincha aniqlik (xabar) maylidagi fe’l bilan yoki 
fe’ldan boshqa so’z turkumlari bilan ifodalanadi. Masalan: Biz fan cho’qqilarini 
astoydil egallaymiz. Men o’qituvchiman. Darak gap oxirida nuqta qo’yiladi. 
So’roq gap. So’zlovchining o’ziga noma’lum bo’lgan biror voqeani 
suhbatdoshidan bilib olish istagini, zaruriyatini ifodalovchi gap so’roq gap 
deyiladi. So’roq gaplar asosan, dialog nutqqa xos bo’lib, tinglovchidan biror 
faktning inkor yoki tasdiq qilinishini talab etadi. M: Nechanchi kursda o’qiysiz? 
To’rtinchi kursda. Qachon maktabni bitirgansiz? 2001- yilda. 
So’roq gaplar kim? nima? qachon? qanday? kabi so’roq so’zlar yoki
mi, –chi , –a, – ya  kabi so’roq yuklamalari vositasida tuziladi. 
M: Qachon keldingiz?

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling