10-mavzu: Sodda gap sintaksisi. Gapni boʻlaklari. Bosh boʻlaklar. Ega va uning ifodalanishi. Kesim, uning turlari, ifodalanishi. Gap boʻlaklarining ta’rifi va tasnifi. Ega va uning ifodalanishi. Kesimning ta’rifi va turlari
Eganing tuzilishiga ko’ra turlari
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
10-ma\'ruza
Eganing tuzilishiga ko’ra turlari
Ega tuzilishiga ko’ra sodda, murakkab bo’ladi. Birgina tushuncha anglatadigan ega sodda ega deyiladi. Sodda ega barcha so’z turkumlari bilan ifodalanadi. Ikki va undan ortiq mustaqil so’zlarning tobelanish munosabatidan tuzilib, bir butun holda qo’llanadigan, bir murakkab tushuncha anglatadigan egalar murakkab ega deyiladi. Bular quyidagi ko’rinishlarga ega: 1. Davlat, hukumat nomlari bilan ifodalanadi. Masalan: O’zbekiston Respublikasining poytaxti – Toshkent. 2. Ilmiy-siyosiy va madaniy muassasalarning nomlari bilan ifodalanadi. Masalan: O’zbekiston Fanlar Akademiyasi katta ishlarni amalga oshirmoqda. Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi kadrlar masalasini ko’rib chiqdi. 3. Kitob, jurnal, gazeta nomlari bilan ifodalanadi. Masalan:“Samarqand universiteti” gazetasi talabalarning sevimli gazetasi. “Yosh kuch” jurnali – sevimli jurnal. 4. Turli xil joy nomlari bilan ifodalanadi. Masalan: Kattaqo’rg’on suv ombori dashtlarni “oq oltin” makoniga aylantirishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. 1. Ism, familiya birgalikda murakkab ega bo’lib keladi: Masalan: Abdulla Qahhor – kichik hikoyalar ustasi. 2. Murakkab sifat bilan ifodalanadi. Masalan: Sizga jigar rang yarashar ekan. 3. Unvon, daraja, mansab kabilarning nomlari bilan ifodalanadi. Masalan: Universitetimizdan ko’plab filologiya fanlari nomzodi yetishib chiqqan. 4. Murakkab son bilan ifodalanadi. Masalan: Bir yuz yetmish besh ikkiga qoldiqsiz bo’linmaydi. 5. Murakkab olmosh bilan ifodalanadi. Masalan: Mana bu bino juda yaxshi. Ana u ko’rinmay qoldi. Buni men o’zim olib boraman. Murakkab ega ajralmas so’z birikmalari bilan ifodalanadi. Masalan: Dunyoning go’zalligi inson bilan. Fasllarning asli – bahor. Musobaqada bo’yi novcha yigit birinchilikni oldi. Ega anglatgan predmetning predikativ belgisini ifodalaydigan, ega haqidagi hukmni bildiradigan bosh bo’lak kesim deyiladi. Kesim o’zida predikativlikni aks ettiradigan, gapni grammatik jihatdan shakllantiradigan bosh bo’lak hisoblanadi. Egada belgining mavjud yoki mavjud emasligi kesimda tasdiq yoki inkor etiladi. M: Ochil buva bugun chinor bilan xayrlashmoqda. Bu gapda Ochil buva so’zi grammatik tomondan mustaqil bo’lib, bu so’zning belgisi kesim vazifasida qo’llanayotgan “xayrlashmoqda” so’zi orqali tasdiq yo’li bilan ifodalangan. Bugun yomg’ir yog’madi gapida esa, eganing belgisi kesimda inkor belgisi bilan ifodalangan. Kesim predmetning faol ish-harakat yoki passiv (holat) belgisini ifodalaydi. Predmetning faol belgisini uning o’z faoliyati natijasida hosil qilinadi. Masalan: Sevinch uning ko’ziga uyqu qo’ndirmasdi gapida kesim “qo’ndirmaydi” eganing (sevinch) faol belgisini ifodalaydi. Predmetning passiv belgisi uning o’zida mavjud bo’lgan belgidir. Masalan: Ukam olib kelgan kitob juda ajoyib. Bu gapda kesim (ajoyib) passiv belgisini ifodalamoqda. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling