10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Download 175.88 Kb.
bet18/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

AK
MD
A/f —
ir±sig' ~
Korxona miqyosidagi material sig‘imi (Msig,kor) unda iste’mol qilingan aylanma kapital qiymatining ishlab chiqarilgan mahsu- lot qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi:

M

sig '.kor.
AK
M
Sarflangan aylanma kapital birligi hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori material sig‘imi ko‘rsatkichiga teskari miqdordir.
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi u bilan aylan- ma kapital o‘rtasidagi nisbatga bog‘liqdir. Bevosita ishlab chiqarish jarayonida band bo‘lgan aylanma kapitalning salmog‘i qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘lardan shunchalik samarali foydalani- ladi. Amaliyotda aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligi ulaming aylanish koefifitsienti bilan o‘lchanadi. Bu koeffitsient bir yil ichida sotilgan mahsulot qiymatining aylanma mablag‘laming o‘rtacha yillik summasiga nisbati sifatida aniqlanadi.
Aylanish davri (a) yildagi kunlar sonining aylanishlar soniga (n) nisbati bilan aniqlanadi:
360
a = .
n
Aylanma mablag‘lar aylanishini tezlashtiradigan asosiy omil ish- lab chiqarish vaqtini awalo ish davrini, shuningdek, muomala vaqtini qisqartirishdir.
Xulosalar

  1. Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga o‘tish - iqtisodiyot- ning tadbirkorlik turiga o‘tish demakdir. Tadbirkorlikning iqtisodiy

tabiati tashabbuskorlik, tavakkalchilik va mas'uliyat, ishlab chiqarish omillarini yangicha usulda birlashtirish, novatorlik kabi bir qancha belgilar bilan tavsiflanadi.

  1. Tadbirkorlik faoliyati deb shakli va sohasidan qat'iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatga aytiladi.

  2. Tadbirkorlik daromadining o‘ziga xos xususiyati shunda- ki, birinchidan, u ishlab chiqarish jarayonida resurslaming eng opti- mal variantda qoTianilishi natijasida vujudga keladi, ikkinchidan esa, bozorda ayirboshlash natijasida shakilanadi.

  3. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun mam- lakatda maTum darajada shart-sharoit yaratilishi zamr. Tadbirkorlik vazifalarini amalga oshirish, rivojlantirish va shakllantirishga ta'sir ko‘rsatadigan shart-sharoitiar majmuasi tadbirkorlik muhitini tash- kil qiladi. Tadbirkorlik muhiti bir necha unsurlardan tashkil topgan: huquqiy asosning mavjudligi, iqtisodiy erkinlik, shaxsiy manfaat, bo- zoming rivojlanganligi, raqobat, davlatning cheklangan roli.

  4. «Tadbirkorlik» va «biznes» tushunchalari mazmun va mo- hiyatan bir faoliyatni anglatadi. Ammo faoliyatning novatorlik tomo- ni haqida gap borganda «tadbirkorlik» tushunchasi ishlatiladi.

  5. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoli- yatining quyidagi shakllari samarali amal qilib kelmoqda: xususiy tadbirkorlik, mas’uliyati cheklangan va mas’uliyati cheklanmagan jamiyatlar, hissadorlik jamiyatlari. Hissadorlik jamiyatlarining rivoj- lanishi milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Hissa- dorlik jamiyatlarining paydo boTishi qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantiradi, iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini ko‘paytiradi, aholining keng qatlamini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga undaydi.

  6. Kapital o‘zining amal qilish jarayonida bir necha shaklda namoyonboTadigan murakkab hodisadir. Ilk bosqichdakapital buyum, pul, qiymat ko‘rinishida boTib, xo‘jalik faoliyatiga yo‘naltiriladi. Shuning uchun kapital avanslangan qiymat shaklini oladi. Natijada kapital qo‘shimcha mahsulot, daromad olishni ta’minlaydigan qiy- matga aylanadi.

  7. Kapitalning aylanishi shunday harakatki, unda kapital bar- cha ishlab chiqarish bosqichlarini o‘tib, o‘ziga xos boigan vazifalar- ni bajarib o‘zining dastlabki shakliga qaytadi. Kapitalning aylanishi avanslangan qiymat butunlay qoplangan taqdirda amalga oshgan hi- soblanadi. Kapital aylanish tezligi kapitalning bir yilda aylanish tez- ligi va aylanish soni bilan o‘lchanadi.

  8. Kapital o‘zining aylanish xususiyatiga qarab asosiy va aylanma kapitalga bo‘linadi. Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayoni- da to‘liq ishtirok etib, o‘z qiymatini mahsulot qiymatiga qismlar bilan o‘tkazadi. Mehnat vositalari o‘mini qoplash uchun mo‘ljallangan va amortizatsiya fondida jamg‘ariladigan asosiy kapital qiymati amor- tizatsiya ajratmalari deyiladi. Amortizatsiya ajratmalari summasining asosiy kapital qiymatiga nisbati amortizatsiya normasi deyiladi va foizlarda hisoblanadi. Aylanma kapital ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini to‘laligicha tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazadi.


Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling