10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Download 175.88 Kb.
bet2/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Birinchi bosqich dastlabki bozor munosabatlari shakllanish davri - XVIII asrda paydo boTib, u tadbirkor tomonidan amalga oshiri- la-digan tavakkalchilik jarayonlari bilan bogTiq. Aynan iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faoliyatiga oid dastlabki tadqiqotlar ham shu davr- da R. Kantilon, A. Tyurgo, F. Kene, A. Smit va J. B. Sey asarlarida amalga oshirilgan.
Fransuz iqtisodchisi R. Kantilon tadbirkorlikning muhim tavsifiy xususiyatlaridan biri sifatida tavakkalchilikni ajratib ko‘rsatadi. Uning fikricha, tadbirkor - voqea va hodisalami oldindan ko‘ra bilish xu- susiyatiga ega boTgan, o‘z zimmasiga barcha mas'uliyatni olib ta- vakkal qiluvchi, o‘z xatti-harakatlari tufayli daromad olishga umid qiluvchi va har qanday yo‘qotishlarga tayyor boTgan shaxsdir2. R.Kantilondan keyin neoklassik maktab namoyandalari o‘z asarlarida
o‘ziga xos tavakkalchilik asosida raqobatlashib, savdo faoliyati bilan shug‘ulanuvchi korxona egasini tadbirkor deb hisoblay boshladilar.
Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risidagi nazariyalar rivojlanishining ikkin- chi bosqichida tadbirkorlikning asosiy xususiyati sifatida innovatsion faoliyat ajratib ko‘rsatiladi. Bu oqimning asoschisi Y. Shumpeter boTib, uning fikricha, iqtisodiy o‘sishning negizida tadbirkomi ishlab chiqarish omillarining yangi kombinatsiyasini ishlatishga, qoTlashga boTgan intili- shi yotadi va bu intilishning natijasi innovatsiya, yangiliklar hisoblanadi.
Mazkur nazariyalar rivojlanishi uchinchi bosqichining asosiy g‘oyasi - tadbirkoming muhim shaxsiy fazilatlari, jumladan izlanish va tadqiqot hisoblanadi. Bu oqim namoyandalari F. Xayek va L. Mizes tadbirkorlikka yangi iqtisodiy imkoniyatlami izlab topish va tadqiq qilish deb qaraydi, shu bilan birga faoliyati izlanish tarzida kechadi- gan har qanday shaxsni bo‘lg‘usi tadbirkor deb hisoblashadi.
K. Makkonnell va S. Bryu tadbirkorlikka asosida uzluksiz shartlar va talablar yotuvchi muhim faoliyat turi sifatida qaraydilar. Birinchi- dan, tadbirkor tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini birlashtiradi va «katalizator» vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u qarorlar qabul qilishdek qiyin bir vazifani zimmasiga oladi. Uchinchidan, tadbirkor - tash- kilotchi shaxs boTib, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi. To‘rtinchidan, tadbirkor bu tahlikaga bomvchi insondir. U nafaqat o‘z mol-mulki, vaqti, mehnati bilan, balki o‘z sheriklari, aksiyadorlari qo‘shgan mablagTar bilan ham tahlikaga boradi3.
Tadbirkorlik faoliyatiga yuqorw keltirilgan turli xil fikrlar va yondashuvlami umumlashtirgan holda qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin: tadbirkorlik faoliyati - shakli, turi va sohasidan qat’iy nazar foyda olish va uni ko‘paytirish maqsadida amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlikning rivojlanishi, o‘z navbatida, bir qator sharoitlaming mavjud boTishini taqozo etib, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy- iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi.

Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling