10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Download 175.88 Kb.
bet3/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Birinchidan, tadbirkor xo‘jalik yuritishda uning biron turini tan- lash, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish, uni o‘zgarishlarga moslashtirish, manbalami tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ulaming narxini belgilash, foydani tasanuf qilish va shu kabilar bo‘yicha ma’lum huquq va erkinliklar mavjud boiishini taqozo etadi.
Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalariga, ishlab chiqa- rilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik huquqiga ega boiishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdoming o‘zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin.
Uchinchidan, xo‘jalik yuritish yoiini erkin tanlash, daromad- ni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilami real ta’minlaydigan maium iqtisodiy muhit va ijtimoiy-siyosiy sharoit yaratishi zamr.
To‘rtinchidan, tadbirkorlik mulkchilik va o‘zlashtirish turli-tu- man shakllari va turlarining mavjudligini taqozo qiladi. O‘z navba- tida mulkchilik va o‘zlashtirish sohalaridagi turli-tumanlilikning o‘zi obyektiv hodisa boTib, ishlab chiqamvchi kuchlaming rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi.
Beshinchidan, yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi maTumot va malakali tayyorgarlikka ega boTish, ummniy tijorat qonunchiligi, soliq bo'yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud boTishi tadbirkorlikni rivojlanti- rishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud boTgan davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasjga o‘tib ketishi ehtimoli ham yuqori boTadi.

    1. Tadbirkorlik faoiiyatining shakllari, ularni tashkil etish va boshqarishning bozor tizimlari

Hozirgi davrda ishlab chiqarish vositalarining ijtimoiy, umumdav- lat maqsadlarida foydalanadigan va nihoyat, jamoa, guruh, xususiy va shaxsiy maqsadlarda ishlatiladigan turlari mavjud. Shunga mos ravishda tadbirkorlikning turli-tuman: davlat, jamoa, xususiy, aralash va boshqa hosila shakllari rivojlanadi.
Turli mamlakatlarda davlat korxonalarining huquqiy maqomi turli- tumanligi bilan ancha farqlanadi. Hatto biron-bir mamlakatda barcha davlat korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi yagona qonuniy hujjat mavjud emas. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan sharoitlar asosida davlat kor- xonalarini uchta guruhga bo‘lish mumkin:

  • byudjet korxonalari;

  • davlat ishlab chiqarish korxonalari;

  • aralash kompaniyalar.

Byudjet korxonalari - davlatning vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda faoliyat ko‘rsatuvchi hamda davlat byudjeti hiso- bidan moliyalashtiriluvchi xo‘jalik mustaqilligiga ega bo‘lmagan korxonalar. Ular o‘zlarining holati bo‘yicha davlaming ma’muriy- boshqarish tizimiga kiradi va biron-bir vazirlik, mahkama yoki ma- halliy o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bevosita bo‘ysunadi yoki ulaming tarkibiy qismi hisoblanadi. Barcha daromad va xarajatlari davlat byudjeti orqali o‘tib, olingan foydasidan soliq toTamaydi.
Davlat ishlab chiqarish korxonalari - xo‘jalik faoliyati bilan birga davlat tomonidan belgilangan doirada boshqarish va tartibga solish vazifalarini ham bajaruvchi, alohidalashgan mol-mulkka ega boTgan korxonalar. Bundan ko'rinadiki, davlat ishlab chiqarish kor- xonalari yoki korporatsiyalari o‘zida tijorat korxonalari va davlat organ- lari belgilarini mujassamlashtirib, korxonalaming ancha keng tarqalgan tashkiliy, huquqiy shakli hisoblanadi.
Aralash kompaniyalar - davlat va xususiy omonatchilar- ning aksiyalarini birlashtirish asosida tashkil etilgan aksiyador- Iik jamiyatlari va majburiyatlari cheklangan shirkatlar shakli- dagi korxonalar. Aralash kompaniyalar aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun asosida ish yuritadi va yuridik shaxs hisoblanadi, xo‘jalik faoliyatida xususiy firmalar bilan barobar tijorat asosida qat- nashadi. Shu bilan birga, ular xususiy firmalarga nisbatan maTum im- tiyozlardan foydalanadi. Bu imtiyozlarga davlat tomonidan moliyaviy yordam va dotatsiyalar berish, chet el litsenziyalarini yengil shartlar bilan olish, boshqa davlat korxonalaridan xomashyo va yarim fabri- katlami qat’iy belgilangan narxlarda olish, ishlab chiqargan mahsu- lotni sotish uchun bozor bilan ta’minlanganlik va shu kabilar.
Korxonalaming mulkchilik mavqeidan tashqari xilma-xil tashkiliy- huquqiy shakllari ham mavjud bo'ladi. Korxonalar xo ‘j alik j amiyatlari va shirkatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, jamoa korxonalari, ijara korxonalari, xo‘jalik birlashmalari shaklida tuzilishi mumkin.
Kooperativ tadbirkorlik - jamoa mulkiga asoslanib, kooper- atsiya a’zolarining uning faoliyatida o‘z mehnati bilan ishtirok yyetishini taqozo etuvchi jamoa tadbirkorligining alohida shakli. Kooperativ mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ishlovchilaming ishlab chiqarish vositalari bi- lan bevosita qo'shilishi (xususiy mulkchilikda bunday qo‘shilishda mulkdor, davlat mulkchiligida esa davlat vositachi hisoblanadi); ko- operatsiya a’zolarining ishlab chiqarish vositalaridan keng foydalana olishi; ulaming iqtisodiy jihatdan teng huquqqa egaligi; jamoaning o‘zini o‘zi boshqarishni amalga oshirishi; jamoa va shaxsiy manfaat- lar uyg‘unligining yuzaga kelishi va h.k.

Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling