10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Download 175.88 Kb.
bet1/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Inson faoliyati turlicha bo‘lib, turli xil yo'nalishga qaratilgan bo‘ladi. Ulaming ichida tadbirkorlik faoliyati alohida o‘rin tutadi. Bo- zor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda shaxsiy omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Mamlakatimizda amalga oshi. llayotgan iqtisodiy islohotlar davomida, ayniqsa, uning hozirgi bosqichida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, unga keng erkinlik berishga, uning rivojlanishiga to‘siq bo‘ladigan har qanday g‘ov va cheklovlami bartaraf qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tad- birkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida vujudga keladigan jarayonlar va uning namoyon boTishini, shuningdek, kapitalning aylanish tezligi va un- dan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu bobning asosiy vazifasi hisoblanadi.


Tadbirkorlikni ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish davlatimizning iqtisodiy siyosatida strategik vazifaga aylangan davrda ushbu masalalami o'rganish o‘ta dolzarbdir.

    1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari

Tadbirkorlik faoliyatining tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalsada, uning ilmiy tushunchasi VII asrga kelib paydo boTgan va mulkdor degan tushuncha bilan bir xil tushunilgan. Mulkchilikning turli shakl- lariga asoslangan, raqobatli iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, boshqarish turli xil shakl va usul- larda olib boriladi. Ulaming ichida tadbirkorlik faoliyati alohida o‘rin tutadi va bu faoliyat orqali mulkchilikning turli shakllarini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish ya’ni foyda olish amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoli- yati va biznes xususida, uning yo‘nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqti- sodiy jihatlari to‘g‘risida ko‘plab olimlaming fikrlari, mulohazalari keng o‘rin egallamoqda. Ulaxda ko‘pincha tadbirkorlik faoliyati va biznesni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda. Fikrimizcha, tadbirkorlik biznesdan farq qilib, tadbirkorlik - bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish mhi asosida yondashish bilan bog‘liq faoliyatdir. Biznes esa unga nis- batan keng tushuncha bo‘lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligi- ning kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkor- lik faoliyati (tadbirkorlik) tadbirkorlik faoliyati subyektlari to- monidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o‘zi tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir»1.
Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishida uch bosqich ya’ni, mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etishdagi alo- hida bosqichlar shartli ravishda ajratiladi.

Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling