10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Dividend (lotincha dividendus - boiishga tegishli) - aksiya egasi- ga toianadigan daromad


Download 175.88 Kb.
bet6/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Dividend (lotincha dividendus - boiishga tegishli) - aksiya egasi- ga toianadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablagiari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqa- radi. Dividend orqali faqat aksiyadorlik jamiyati olgan foydaning bir qis- mi taqsimlanadi. Uning boshqa qismi jamg‘arishga, soliq toiashga va shu kabilarga ketadi. Dividend miqdori olinadigan foyda va chiqarilgan aksiya miqdoriga bogiiq va hamda odatda ssuda foizidan yuqori boiadi.
Aksiyalarning nazorat paketi - aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishni ta'minlash imkonini beruvchi aksiya- lar soni. Nazariy jihatdan olinganda, aksiyadorlik jamiyati faoliyati ustidan nazorat olib borish uchun ovoz berish huquqiga ega bo'lgan aksiyalaming 51 foiziga egalik qilish zamr. Amalda esa, aksiyalar- ning ko‘plab aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanib ketganligi u qadar yuqori salmoqqa ega bo'lmagan aksiyalar sonini qo‘lga kiritish orqali ham nazorat paketiga egalik qilish imkonini beradi.
Aksiyadorlik jamiyatlari aksiya bilan birga obligatsiya ham chiqaradi.
Obligatsiya - sotib olishga sarflangan mablag‘ni kelgusida qat’iy belgilangan foizi bilan qaytarish majburiyatini ifodalov- chi qimmatli qog‘oz shakli. U egasining jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlaydi. Obligatsiya aksiyadorlik jamiyati moliyaviy mablag‘larini ko‘paytirish uchun chiqariladi. Aksiya egasi korxona mulkdori, obligatsiya egasi esa uning kreditori hisoblanadi. Undan tashqari, obligatsiya aksiyadan farq qilib, o‘z egasiga yillik kafolatlangan daromad keltiradi, ammo aksiyadorlik jamiyati ishlarini hal qilishda ovoz berish huquqini bermaydi. Obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan daromad odatdagi ssuda foizi miqdoridan ortiq bo‘lmaydi. Uning qiymati aksiyador- lik jamiyati tomonidan ma’lum muddat o'tgandan so‘ng toianadi. Aksiyaga qo‘yilgan mablag‘ obligatsiyaga joylashtirilgandan farq qilib, aksiyador talabi bo‘yicha qaytarilishi mumkin emas va faqat sotish orqali qoplanadi.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy tizimlari sifatida marketing va menejment katta ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham mamlakatimizda korxonalami korporativ boshqa- rish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani o'rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiq- landi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, Lavozim va kasblaming yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 ta yangi toifa kiritildi4.
Marketing - tovar-pul munosabatlari sharoitida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning yaxlit tizimi bo‘lib, bunda xo‘jalik muammolarini hal etishda bozor talablari, xaridorlarning tovar va xizmatlarga real talablari va ehtiyojlari yotadi.
Marketing faoliyati korxona amal qilishining tashqi sharoitlari to‘g‘risidagi axborotning olinishi; raqobatchilaming tovarlariga qa- raganda bozor talablarini to‘laroq qondimvchi tovarlar to‘plamini yaratish; sotish sohasining eng yuqori nazoratini belgilab bemv- chi iste’molchi, talab, bozorga zamr darajada ta’sir ko‘rsatishni ta’minlashi lozim. Marketingning zamonaviy konsepsiyasi bozor uchun zamr bo‘lgan va bozorda sotish mumkin bo‘lgan tovarlami zamr hajmda ishlab chiqarishni tashkil etish tamoyiliga asoslanadi. Korxonaning ishlab chiqarish-texnikaviy, tashkiliy, investitsiya va boshqa faoliyati iste’molchining ehtiyojlariga, ulaming yaqin is- tiqboldagi o‘zgarishiga yo‘naltiriladi. Xaridorlaming talablari tovar ishlab chiqarish hajmi va nomenklaturasini, mazkur talab va ehtiyoj- lami qondirishni yuqori darajasi esa eng ko‘p foyda olishni belgilab beradi. Marketingning maqsadi va vazifalarini belgilab olish muhim hisoblanadi. Marketingning maqsadi - eng yuqori iste’mol qoniqi- shi, iste’mol, turmush sifatini oshirish, tovar va xizmatlaming keng tanlovini ta’minlovchi korxona mahsulotini sotishning zamr hajmi- ga erishish uchun ishlab chiqarishning yuqori daromadliligi va sa- maradorligini ta’minlash. Bu maqsadga marketingning quyidagi vazifalari orqali erishiladi: korxonaning ichki va tashqi marketing muhitini tahlil qilish; marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan bozor va muammolami kompleks o‘rganish; iste’molchilar va talabning shakllanishini tahlil qilish; raqobatchilar va raqobatni o‘rganish; sotishni jadallashtirish bo‘yicha chora-tad- birlami ishlab chiqish; yangi tovaming konsepsiyasini shakllantirish; marketing tadqiqotlari asosida tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish; narx siyosatini shakllantirish va amalga oshirish; marketing dastur- larini ishlab chiqish va amalga oshirish; marketingni axborot bilan ta’minlash; marketingni boshqarish.

Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling