10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Kapital qiymatining aylanish usuli


Download 175.88 Kb.
bet14/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Kapital qiymatining aylanish usuli. Qiymatining aylanish usuli bo‘yicha asosiy kapital qiymati ikkiga bo‘linadi. Qiymatning mahsulotga o‘tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo‘ladi va doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o‘tadi hamda qoplash fondi shaklida asta-sekin jamg‘ariladi. Mah- sulotga o‘tmagan qismi ishlab chiqarish doirasida mavjud bo‘lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste’mol qilingan mehnat predmetlari qiymati to‘la-to‘kis aylanib, yangi mahsulotlar qiymati tarkibiga kiradi.

  • Qayta tiklanish usuli. Qayta tiklanish usulida asosiy kapital- ning ishlab chiqarish natijlariga o‘tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator doiraviy aylanishlami o‘z ichiga olgan muayyan davr davomida yeyilib, ishdan chiqqandan keyin pul shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma kapital har bir doiraviy aylanishdan ke- yin ashyoviy-buyum shaklida qaytib tiklanadi.

    Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va muomala bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu sababli uning aylanish vaqti (Av) ish- lab chiqarish vaqti (Iv) va muomala vaqti (Mv) yig‘indisidan iborat:
    Av = Iv + Mv
    Sarflangan mablag‘larning ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqti, ya’ni ishlab chiqarish vositalari sotib olingandan tayyor tovar bo‘lgan davrgacha o‘tgan vaqt ishlab chiqarish vaqtini, muomala jarayonida bo‘lish vaqti, ya’ni ishiab chiqarish vosi- talari sotib olish va tayyor tovarlarni sotish uchun ketgan vaqt muomala vaqtini tashkil etadi. Ishlab chiqarish vaqti uch qismdan iborat boTadi:

    1. bevosita mehnat jarayoni yoki ish davri (Id);

    2. turli tanaffuslar davri (Td);

    3. ishlab chiqarish vositalarining ishlab chiqarish zaxiralarida bo‘lish davri (Zd).

    Demak,
    Iv = Id + Td + Zd
    Ish davri - ishlab chiqarish vaqtining asosiy tarkibiy qismi- dir. Bu vaqt davomida mahsulot mehnatning bevosita ta’siri ostida bo‘ladi. Ish davrining uzunligi ishlab chiqariladigan mahsulot xususi- yatiga, qo‘llaniladigan mehnatning miqdori va uning unumdorligi da- rajasiga bog‘liqdir.

    Download 175.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling