10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Download 175.88 Kb.
bet10/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

20.1~jadval.
Iqtisodiyot tarmoqlarida kichik biznesning ulushi68

Kichik biznes ulushi (%)

2000y.

2016y.

YalMda

31,0

56,9

Sanoat mahsulotida

11,3

45,0

Qurilishda

37,0

70,7

Chakana tovar aylanishida

45,3

89,6

Ish bilan bandlikda

49,7

78,1

Eksportda

10,2

28,5




O‘z navbatida, tadbirkorlik faohyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga namunaviy loyihalar taklif etilib, ularga kredit hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha tegishli maslahatlar berilmoqda va qisqa muddatlarda kredit mablag‘lari ajratish choralari ko‘rilmoqda. 11


Banklaming imtiyozli kreditlaridan foydalanish, o‘z biznesini tashkil etish fuqarolaming kuch va imkoniyati, qobiliyati va salohi- yatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng sharoit yaratadi.
Bundan tashqari, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning harakatlar strategiyasining 3.4-bandiga ko‘ra, Iqti- sodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:12

  • xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo‘lidagi bar- cha to‘siq va cheklovlami bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, «Agar xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va kuchli bo‘ladi» degan ta- mo-yilni amalga oshirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari to- monidan noqonuniy aralashuvlaming qat’iy oldini olish;

  • davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va un- ing tartib-tamoyillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyekt- laming ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

  • investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tar- moqlari va hududlariga xorijiy, eng awalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami faol jalb qilish;

  • korporativ boshqamvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalami strategik boshqarishda aksiyadorlaming rolini kuchaytirish;

  • tadbirkorlik subyektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlami takomillashtirish va sodda- lashtirish;

  • mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartib- ga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirishga katta e’tibor berishi ko‘zda tutilmoqda.

Ushbu qarorga ko‘ra «Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashti- rish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqishni ham tegishli vazir- lik va idoralarga vazifa sifatida yuklab qo‘yilgan.
2017-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbir- korlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsmanjni tashkil etish vazifasi turibdi. Ushbu loyihada yangi tashkil etiladigan ombudsmanga quyidagi va- kolatlami berish nazarda tutiladi:13

  • tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik subyektlarin- ing huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

  • tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda ro‘yobga chiqarilayot- ganligini o‘rganish;

  • davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomoni- dan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.

  1. Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari

Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladi- gan va yollanma mehnat tomonidan harakatga keltiriladigan bar- cha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag ‘lari birgalikda tadbir- korlik kapitali deb ataladu Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo harakatda boTadi va bu harakat jarayo- nida bir qator bosqichlami bosib o‘tadi.
Kapital ikki xil xususiyatga ega bo ‘ lib, uning qiymati-ko‘pchilikka ma’lum bo‘lganidek, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat sarfidan iboratdir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko‘plab turdagi va miqdordagi nafliliklami (tovar va xizmatlar- ni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan bandligini ta'minlashda; v) qisman qiymatning tashkil topishida, ya'ni shakllanishida; g) eng muhimi, qo‘shimcha mahsulotni yaratishda va o'zlashtirishda to‘liq ishtirok yetishi orqali namoyon bo‘ladi.
Kapital qaysi sohada va qanday shaklda amal qilmasin hamda qanday tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishidan qat'iy nazar, u barcha ko‘rinishlarda ikki tomonlama xususiyatga ega bo‘ladi va shu xususi- yatlaming birligi sifatida amal qiladi. Kapitalning bu xususiyatlari tovardagi ikki xil xususiyatdan va uni keltirib chiqaruvchi sabab - tovarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan kelib chiqadi. Chunki pul tovar ayirboshlash rivojlanishining mahsuli bo‘lib, tarixiy va mantiqiy jihatdan kapitalning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xu- susiyatni quyidagicha ifodalash mumkin (10.2-rasm).



Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling