10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Download 175.88 Kb.
bet12/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Uchinchi bosqichda ishlab chiqarilgan tovarlami sotish sodir bo‘ladi T’->P’ ushbu bosqichda tovarlar pulga aylanadi va o‘zining dastlabki shakliga qaytib keladi. Dastlab, pul shaklida sarflangan mablag‘ yana pul shaklida, ammo miqdor jihatidan ko‘proq boTib qaytadi. Shu sababli uni P’=P+p ko‘rinishida ifodalash mumkin.
Tovarlami sotishdan tushgan pul kapitali yana ishlab chiqarish omillari sotib olish uchun sarflanadi va shu tariqa yuqoridagi harakat to‘xtovsiz takrorlanaveradi.
Tadbirkorlik kapitalining o‘z harakatida uch bosqichni izchil bosib o‘tib, muntazam ravishda bir shakldan boshqa bir shak- lga aylanib, yana dastlabki shakliga qaytib kelishi uning doiraviy aylanishi deyiladi.
Doiraviy aylanishning birinchi va uchinchi bosqichlari muoma- la sohasida, ya’ni resurslar va tovarlar bozorida, ikkinchi bosqichi esa ishlab chiqarishda ro‘y beradi. Shuning uchun formulada ishlab chiqarish jarayoni va muomala sohasi o‘rtasidagi oraliqlar nuqtalar (...) bilan ajratilib ko‘rsatiladi. Har bir bosqichda kapital muayyan harakat shakliga kiradi. Birinchi bosqichda u pul shaklida, ikkinchi bosqichda unumli yoki ishlab chiqarish omillari va uchinchi bosq- ichda tovar shaklida yuzaga chiqadi. Kapital doiraviy aylanish jaray- onida uning har bir shakli alohida vazifani bajaradi va shunga ko‘ra ular kapitalning harakati shakllari deyiladi.
Kapital pul shaklining harakati iqtisodiy faoliyat uchun zamr boTgan shart-sharoitlami yaratishdan iborat. Bunga pulni ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib olishga avanslash orqali eri- shiladi. Kapital unumli shaklining harakati tovarlar ishlab chiqa- rish va xudi shu jarayonda qiymatning o‘sishiga erishishni ta'minlash vazifasiga qaratiladi.
Kapital tovar shaklining harakati orqali ishlab chiqarilgan tovarlar qiymatining narx shaklida ro‘yobga chiqishi sodir bo‘ladi va o‘sgan qiymatning pulga aylanishi bilan tadbirkoming foyda olish maqsadi ta’minlanadi.
Ishlab chiqarish uzluksiz davom yetishi uchun tadbirkorlik kapi- tali o‘zining bir shaklidan boshqa bir shakliga aylanib turishi va ayni paytda har uchala shaklda ham mavjud bo‘lmog‘i lozim. Agar tadbir- korlik kapitali bu shakllaming birortasida to‘xtab qolgudek boisa, uning harakatidagi uzluksizlik buziladi. Tadbirkorlik kapitalining har uchala shakli bir vaqtda o‘z doiraviy aylanishiga ega boiadi.

Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling