10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi


Download 175.88 Kb.
bet13/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Tadbirkorlik kapitali pul shaklining doiraviy aylanishi:

P ►
Iv
. . . I ch . . . T' -» P'


Unumli kapitalning doiraviy aylanishi:

Ik
Tadbirkorlik kapitali tovar shaklining doiraviy aylanishi:
Kapital o‘z harakatini qanday ijtimoy-iqtisodiy shakllarda amalga oshirmasin, ular uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek, doiraviy aylanish va uning bosqichlarining harakat ko‘rinishi umumiy. Shu bilan birga
xo‘jalik yuritishning ayrixn shakllarida tadbirkorlik kapitalining doi- raviy aylanishi, ulaming bosqichlari va harakat shakllari o‘zlarining iqtisodiy mazmuni jihatidan farqlanadi.

  1. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi. Asosiy va aylanma kapital

Tadbirkorlik kapitalining harakati bir doiraviy aylanish bilan to‘xtab qolmaydi, balki u uzluksiz davom etib, takrorlanib turadi. Doiraviy aylanishlarning bunday uzluksiz takrorlanib, yangi- lanib turishi tadbirkorlik kapitalining aylanishi deyiladi.
Kapitalning ayrim qismlari turli tezlikda harakat qilishi tufayli sarflan- gan mablaglaming aylanish tezligi turlicha boTadi. Masalan, unumli iste’molda boTgan xomashyo va materiallar qiymati, bir doiraviy ayla- nishdan keyin boshqa qismi masalan, mehnat qurollari qiymati bir ne- cha doiraviy aylanishdan keyin o‘zining boshlang‘ich shakliga qaytadi.
Kapital o‘zining aylanish tavsifiga ko‘ra ikki qismga: asosiy va aylanma kapitalga boTinadi.
Asosiy kapital - ishlab chiqarish jarayonida bir nechta doi- raviy aylanishlar davomida qatnashadi, o‘zining qiymatini tay- yorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib, asta-sekinlik bilan o‘tkazib boradi va bir necha yillik xizmat muddati davomi- da ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydi.
Aylanma kapital - bir doiraviy aylanish davomida toTiq iste’mol qilinadi, o‘zining qiymatini ishlab chiqarish natijalariga toTiq o‘tkazadi va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadi.
Asosiy va aylanma kapitallar bir-biridan quyidagi belgilar asosida farqlanadi.

  1. Ishlab chiqarish jarayonida harakat qilish xususiyatlari.

Asosiy kapital uzoq davr (masalan stanok 10-yil, bino 50—100-yil) davomida faoliyat qiladi, o‘zining oldingi natural-buyum shaklini shu davrdagi doiraviy aylanishlar davomida saqlab qoladi. Aksincha, aylanma kapital (masalan paxta, jun, metall va b.) har bir doiraviy aylanishda toTiq unumli iste’mol qilinadi, o‘zining ashyoviy-buyum shaklini yo‘qotadi va yangi turlari bilan almashinadi.

  1. Qiymatini ishlab chiqarish natijalariga o‘tkazish xususiyati.

Asosiy kapital ishlab chiqarish jarayonida qator yillar davomida faoli- yat qilib, ulaming qiymati tovarlarga qisman-qisman o‘tib boradi. Xomashyo va materiallar, yoqilg‘i va energiya kabi aylanma kapital elementlari har bir doiraviy aylanishda to‘liq unumli iste’mol qilinadi va ulaming qiymati mahsulot va xizmatlar qiymatiga to‘liq o‘tadi.


  1. Download 175.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling