10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyutnlariga ta’sir ko‘rsatish zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqo- zo etadi


Download 175.88 Kb.
bet15/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Tanaffuslarni tabiiy jarayonlarning mehnat buyutnlariga ta’sir ko‘rsatish zarurligi va tashkiliy tavsifdagi sabablar taqo- zo etadi. Birinchi holda, mehnat buyumlari u yoki bu darajada uzoq davom etadigan jismoniy, kimyoviy va biologik jarayonlaming ta’siri ostida bo‘ladi (quritish, achitish va shunga o‘xshash jarayonlar). Bun- da mehnat jarayoni qisman yoki to‘liq to‘xtaydi, ishlab chiqarish ja- rayoni esa davom etadi. Tashkiliy sabablarga ko‘ra tanaffuslar vaqti korxonalaming ish rejimi bilan, shuningdek, ishlab chiqarishni tash- kil qilish xususiyatlari bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarish vositalarning zaxira va ehtiyotlar sifatida bo‘Iish vaqti - bu ularning ishlab chiqarish jarayonining uzluk- sizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davrdir. Tez quritadigan, tez achitadigan, umuman texnologik jarayonlami tezlashtiradigan yangi texnika va texnologiyalaming qo‘llanilishi tanaffus davri- ning va binobarin ishlab chiqarish vaqtining qisqarishiga olib keladi. Transport shoxobchalarini rivojlantirish, xo‘jalik aloqalarining sama- rali tizimini belgilash, ishlab chiqarish vositalari bozorini shakllan- tirish, ehtiyojlami puxta hisobga olish, muomala vaqtini qisqartirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning aylanish tezligi ulardan foydalanish samaradorligiga jiddiy ta’sir qiladi. Aylanish tezligi muayyan davr ichida (A) qilin- gan aylanishlar soni (n) yoki bir aylanishning uzun-qisqaligi (a) bilan belgilanadi: n=A/a; a=A/n

  1. Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish va undan foydalanish samaradorligi

Kapitalning samaradorlik darajasi turli omillar ta’ sirida shaklla- nadi. Ular orasida asosiy kapitalning tarkibi (tarmoq tarkibi, turlar bo'yicha tarkibi); asosiy kapitaldan foydalanish va uni taqsimlash sa- maradorligi; eskirgan mehnat vositalarini yangilari bilan amashtirish yo‘llari va usullari muhim ahamiyatga ega.
Asosiy kapitalning tarmoq tarkibi ulaming ayrim tarmoqlar bo‘yicha taqsimlanishi va har bir tarmoqning kapitalning umumiy qiymatidagi hissasi bilan tavsiflanadi. Agar asosiy kapital tarkibida ko‘proq texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish samaradorligini bel- gilaydigan tarmoqlaming ulushi oshsa, ulaming tarmoq tarkibining yaxshilanganligini bildiradi.
Asosiy kapitalning turlari bo‘yicha tarkibi ular har bir turining kapital umumiy qiymatidagi hissasi va nisbati bilan tavsiflanadi.
Asosiy kapitalning ayrim turlari ishlab chiqarishda o‘z ishtiroki bo‘yicha bir xil rol o‘ynamaydi. Agar binolar asosan ishlab chiqar- ish jarayonining bir me’yorda borishini ta’minlab, mehnatning umu- miy sharoitini tashkil qilib, ishlab chiqarish samaradorligiga bil- vosita ta'sir ko'rsatsa, mehnat qurollari (ish mashinalari, uskunalar va boshqalar) ishlab chiqarish jarayonida faol rol o‘ynaydi va ishlab chiqarish samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Asosiy kapitalning mulk shakllari bo'yicha tarkibi kapitalning umumiy qiymatida har bir mulk shaklining hissasi bilan tavsiflanadi.
Ta'kidlash lozimki, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng koTamdagi bozor islohotlari, iqtisodiyotni erkinlashtirish va moder- nizatsiyalash jarayonlari korxonalardagi mavjud asosiy va aylanma kapitallar qiymatining.o‘sishiga hamda tarkibining o‘zgarib, sifat ji- hatidan takomillashib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Respublika bo‘yicha asosiy kapitalni ko‘paytirish manbalari tuzilmasining tahlili hamon davlat byudjeti mablagTari hissasining yuqoriligini,-bank kreditlari, chet el investitsiyalari va kreditlari, byudjetdan tashqari fondlaming hissasi esa pastligini ko‘rsatmoqda. 2011-2015-yillarda tarkibiy o‘zgarishlami, iqtisodiyotning soha va
tarmoqlarini diversifikatsiya va modemizatsiya qilishni izchil davom ettirish, ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash, shuning- dek, transport, muhandislik, kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzil- malami rivojlantirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirishga qaratil- gan faol investitsiya siyosati olib boriladi.
Ushbu maqsadlar uchun 2011—2015-yillar ya'ni oxirgi besh yil mobaynida o‘zlashtirilgan investitsiyalarga qaraganda 2 barobar ko‘p investitsiyalami yo‘naltirildi. Asosiy kapitalga kiritilayotgan inves- titsiyalaming yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi 24 foizdan kam bo‘lmasligi tarkibiy o‘zgartirishlami jadal amalga oshirish va iqti- sodiyotni modemizatsiya qilishni ta’minlaydi (10.2-jadval).


  1. Download 175.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling