10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


-rasm. Tadbirkorlik kapitali va uning harakaddagi ikki tomon- lama xususiyatning namoyon bo‘lishi


Download 175.88 Kb.
bet11/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

10.2-rasm. Tadbirkorlik kapitali va uning harakaddagi ikki tomon- lama xususiyatning namoyon bo‘lishi

Rasmdan ko‘rinadiki, tovardagi ikki tomonlama xususiyat o‘z nav- batida tadbirkorlik kapitaliga ham o‘tadi. Chunki, u pul, ishlab chiqa- rish vositalari va ishchi kuchi ko‘rinishidagi unumli kapital hamda tayyor tovarlardan iborat bo‘ladi. Ayni paytda, kapital tovarlari o‘sish xususiyatiga ega bo‘lgan qiymatni ham namoyon etadi.


Tadbirkorlik kapitalining harakat jarayoni ikki jihatdan, ya’ni - bir turdagi naflilikning sifat jihatdan boshqa turdagi naflilikka o‘tishi va miqdor jihatdan ko‘payishi hamda qiymatning o‘sish jarayonidan iborat.
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xu- susiyat pirovardida yangidan Yaratilgan tovaming ikki tomoni, birin- chidan, sifat jihatdan yangi turdagi va ko‘rinishdagi, miqdor jihatdan esa ko‘paygan naflilik, ikkinchidan esa, o‘tkazilgan va qo‘shilgan qiymatda namoyon boTadi.14
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida do- imo harakatda boTadi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlami bosib o‘tadi. Ishlab chiqarishga sarflanadigan har qanday sarmoya o‘z harakatini pul shaklidan boshlaydi. Pul (P) tegishli resurslar bozoridan zarur tovarlar, ya’ni ishlab chiqarish vositalari (Iv) va ishchi kuchi (Ik) sotib olishga sarflanadi (avanslanadi). Bu holda pul shunchaki tovar- lar sotib olishgagina emas, balki ishlab chiqarish uchun zarur boTgan iqtisodiy faoliyat omillarini sotib olishga sarflanadi. Ushbu muomala sohasida pul kapitali o‘z harakatining birinchi bosqichidan o‘tadi:
P ► T
Mazkur jarayon natijasida pul shaklidagi mablagTar unumli kapi- tal shakliga aylanadi va ular ishlab chiqarish jarayonining potensi- al omillari hisoblanadi. Kapital harakatida ikkinchi bosqich ishlab chiqarish (I) jarayoni hisoblanib, uning natijasida iste’molga tayyor tovar tovar (T) shaklini oladi. Bu yerda hosil qilingan tovarlar qiy-



T

.. . I ch ...
mati ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchiga sarflangan qiymat- dan ortiq bo‘ladi, ya’ni:
Chunki hosil qilingan tovarlar qiymatida ishlab chiqarish vositala- rining ko‘chgan qiymati, ishchi kuchi qiymatining ekvivalenti va ular tomonidan vujudga keltirilgan qo‘shimcha mahsulot qiymati ham mavjud bo‘ladi.

Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling