10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi


Download 175.88 Kb.
bet4/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi. Tadbirkorlikning bu shaklida mulk va ishlab chiqarish natijalari xususiy shaxslarga tegishli boTib, ishlab chiqarishni tashkil qilish yollanma mehnatga asoslanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy korxona egasi uning menejeri ham hisoblanib, korxonaning barcha majburiyatlari uchun shaxsiy javobgar boTadi. Xo'jalik huquqi nuqtai nazaridan yakka tartibdagi tadbirkorlik huquqiy shaxs hisoblanmaydi, shu sababli uning egasi cheklanmagan mas’uliyatga ega boTib, faqat fuqarolardan olinadi- gan daromad solig‘ini toTaydi. Bu odatda kichik magazin, xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar, dehqon xo‘jaliklari, shuningdek, huquqshunos, vrach, advokat kabi turli malakali mutaxassislar xiz- mati ko'rinishida tashkil qilingan tadbirkorlikdir.
Tabdirkorlik faoliyatini amalga oshirishning muhim shakllaridan biri aksiyadorlik jamiyatlaridir.
Aksiyadorlik jamiyati - kapitali qimmatli qog‘oz shaklida rasmiylashtirilgan turli omonatchilarning pul mablagTaridan tarkib topuvchi korxona. Yirik ishlami amalga oshirib, katta foyda olish maqsadida bir necha tadbirkorlar o‘zlarining moddiy (ishlab chiqarish vositalari) va pul mablag‘larini birlashtirib ittifoq (jami- yat) tuzadilar. Ular iqtisodiy adabiyotlarda aksiyadorlik jamiyati deb yuritiladi. Aksiyadorlik jamiyatining dastlabki kapitali ichki manba

  • ta’sischilar kapitali hamda tashqi manba - aksiyalami sotish orqali jalb etilgan kapitaldan iborat boiadi. Shunga ko‘ra, aksiya chiqarish va uni erkin joylashtirish aksiyadorlik munosabatlarining muhim to- monlaridan birini tashkil qiladi.

Aksiyadorlik jamiyati ochiq va yopiq ko‘rinishda boiadi. Ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - ishtirokchilari o‘zlariga tegish- li aksiyalarni boshqa aksiyadorlarning roziligisiz sotib olish va ularni erkin sotish huquqiga ega bo‘lgan jamiyat. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati - aksiyalari faqat uning ta’sischilari yoki oldindan belgilangan boshqa shaxslar doirasida taqsimlanuvchi jamiyat.
Aksiya - bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shgan!igiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvoh- lik beruvchi qimmatli qog‘oz. Bundan tashqari aksiya korxonani boshqarishda qatnashish huquqini ham beradi.
Aksiyaning egasi yozilgan va egasi yozilmagan, oddiy va imtiyoz- li turlarini farqlash mumkin. Egasi yozilgan aksiya - aksiyadorlik jamiyati reestrida aksiya egasining nomiga qayd qilinib, faqatgi- na uning yozma ruxsati bilan oldi-sotdi qilinislii mumkin boigan aksiya. Yopiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yozil- gan aksiyalardan iborat boiishi mumkin. Egasi yozilmagan aksiya
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling