6-Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati va kichik biznes tushunchasi va ularning mohiyati Reja
Download 18.98 Kb.
|
6-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik rivojlanishinipg shart-sharoitlari.
6-Mavzu: Tadbirkorlik faoliyati va kichik biznes tushunchasi va ularning mohiyati Reja: 1.Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi. 2. Tadbirkorlik faoliyati vazifalari va rivojlanish shart-sharoitlari. Tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy faoliyatning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Tadbirkorlikning tarixi juda uzoq o'tmishga borib taqalsada, uniig hozirgi zamon tushunchasi XVIII asrda paydo bo'lgan va ko'pincha «Mulkdor» iborasi bilan bir xil tushunilgan. Keyinchalik real xo'jalik hayotida qatnashuvchi kapitalning mulkdor kapitaldan ajralib chiqishi natijasida «tadbirkorlik» tushunchasi «mulkdor» tushunchasiga to'g'ri kelmay qoladi. Hozirgi zamon g'arb adabiyotida ham tadbirkorlikka foyda olish maqsadini ko'zlab xo'jalik yuritish san'ati, iqtisodiy va tashkiliy ijodkorlik, tashabbusning erkin namoyon bo'lishi, novatorlik, xavf-xatarga nisbatan tayyor bo'lish va shu kabi ko'p qirrali tomonlari bilan qaraladi. Hozirgi kunda bizning iqtisodiy tafakkurimiz, aniqrog'i boshqarish nazariyasi xam tadbirkorlik faoliyatini shunday tushunish tomon bormoqda. Qisqa qilib aytganda, tadbirkorlik faoliyati foyda olishga qaratilgan faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun albatta mulk egasi bo'lish shart emas, u zarur vositalarni ijaraga olishi, ssuda olishi va ishni yuritishi mumkii. Tadbirkor bozordagi talabni qondirish imkoniyatlarini oldindan ko'ra oladi va ularni qondirish niyatida zarur bo'lgan sarmoyalarni jalb qiladi, ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish jarayonida birlashtiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishda foydalaniladigan mulk va boshqa boyliklar tadbirkorlik faoliyatisiz o'zini iqtisodiy jihatdan to'la namoyon qilmaydi va, shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchilarga yetarlicha daromad keltirmaydi. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasining mazmuni uning to'rtta o'zaro bog'liq vazifasini aniqlash bilan to'liq tushuniladi. 1. Tadbirkor foyda olish maqsadida tovar (yoki xizmat ishlab chiqarishning yagona jarayonida yer, suv, kapital va mehnat resurslarini birlashtirish tashabbusini oladi. Shu bilan birga tadbirkor bir vaqtda ishlab chiqarishning harakatlantiruvchi kuchi va ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun boshqa resurslarni bir joyda uyg'unlashtiruvchi tashabbuskor hisoblanadi. 2. Tadbirkor biznesni yuritish, foydani ko'paytirish bo'yicha asosiy qarorlar qabul qiladi, bu qarorlar korxona faoliyatining maqsadini aniqlab beradi. 3. Tadbirkor yuqori foyda orqasidan quvib, yangi mahsulotlar, yangi ishlab chiqarish texnologiyasi yoki hatto biznesni tashkil qilishning yangi shakllarini tijorat asosida joriy qilishga harakat qiluvchi tashabbuskor shaxs hisoblanadi. 4. Tadbirkorlik faoliyati —bu taxlikaga boruvchi faoliyatdir. Tadbirkorlik rivojlanishinipg shart-sharoitlari. Tadbirkorlikning rivojlanishi, o'z navbatida, bir qator sharoitlarning mavjud bo'lishini taqozo etadi, ular asosida umuman tovar ishlab chiqarishning umumiy ijtimoiy —iqtisodiy shart-sharoitlari yotadi. Birinchidan, tadbirkor xo'jalik yuritishda uning subyektlarida xo'jalik yuritishning u yoki bu turini tanlash bo'yicha, ishlab chiqarish dasturini shakllantirishi, moslashtirish, manbalarnn tanlash, resurs topish, mahsulot sotish, ularga baho belgilash, foydani tasarruf qilish va shu kabilar bo'yicha ma'lum xuquq va erkinliklar mavjud bo'lishini taqozo etadi. Ikkinchidan, tadbirkor ishlab chiqarish vositalarig'a, ishlab chiqarilgan mahsulot va olingan daromadga mulkchilik xuquqiga ega bo'lishi kerak. Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o'zi tomonidan ham, uning mol-mulki asosida ish yurituvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Xo'jalik yuritish xuquqi, ya'ni mol-mulkidan foydalanish va daromadni tasarruf qilish tadbirkor tomonidan takror ishlab chiqarish jarayonini boshqarishining muhim shart-sharoitini tashkil qiladi. Ma'lumki, tadbirkorlik faoliyatining vazifasi nafaqat foyda olishga, balki uni qaysi maqsadlarda ishlatish va samarali sarflash yo'llarini topishga qaratiladi, ya'ni u iste'mol-taqsimotchi nuqtai-nazaridan emas, balki yuqori raqobatbardoshlilikni saqlab turish, xo'jalikni takomillashtirish, kengaytirish va shu kabilarni amalga oshirishga asoslanadi. Uchinchidan, xo'jalik yuritish yo'lini erkin tanlash, daromadni investitsiyalash imkoniyati va shu kabilarni real ta'minlaydigan ma'lum iqtisodiy muhit va ijtimoiy siyosiy sharoit yaratishi zarur. To'rtinchidan, erkin tadbirkorlik, mulkchilik va o'zlashtirishning turli-tuman shakllari va turlarini taqozo qiladi. O'z navbatida turli-tumanlilikning o'zi obyektiv xodisa bo'lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi oqibati sifatida maydonga chiqadi. Yetarli moliyaviy manbalarga, yaxshi ma'lumot va malakali tayyorgarlikka ega bo'lish, umumiy tijorat qonunchiligi, soliq bo'yicha imtiyozlar, tadbirkorlik muhiti va uni rivojlantirishda jamiyat manfaatdorligining mavjud bo'lishi tadbirkorlikni rivojlantirishning navbatdagi shart-sharoitlari hisoblanadi. Yuqorida ko'rib chiqilgan barcha shart-sharoitlar mavjud bo'lgan davlatlarda tadbirkorlik yaxshi rivojlanadi, aks holda faoliyatning bu turi xufyona iqtisodiyot sohasiga o'tib ketadi. Download 18.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling