10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Download 175.88 Kb.
bet7/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Marketing tamoyillari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- yuqori darajada foydali va samarali xo‘jalik yuritishni ta’minlash;

  • ishlab chiqarish-sotish faoliyatini bozor talablari asosida yo‘naltirish;

  • tovar ishlab chiqarishning xaridorlaming ehtiyojlariga funksio- nal bog‘liqligini ta’minlash;

  • faoliyatni ishlab chiqarish imkoniyatlari asosida emas, balki bo- zor ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish;

  • bozorda yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlash;

  • xaridorlaming ehtiyojlarini qondimvchi tovarlami tayyorlash va takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstmktorlik ham- da ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;

  • bozor holatini, uning rivojlanish istiqbolini, tovar va xizmatlarga mavjud va potensial talabni kompleks o‘rganish;

  • ishlab chiqarish va moliyalashtirishni muvofiqlashtirish va re- jalashtirish;

  • mahsulot tayyorlash va sotishning an’anaviy shakl va kanallarini takomillashtirish, shuningdek, yangilarini topish;

  • boshqamv tizimining moslashuvchan va samarali tashkiliy tuzil- malarini joriy etish;

  • ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining o‘zaro aloqasi va ta’sirining yuqori darajasini ta’minlash5.

Menejment - ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori natijalarga erishish maqsadida qo‘llaniluvchi ishlab chiqarishni boshqarishning shakllari, vositalari, usullari va tamo- yillarining majmui.
Menejmentning asosiy maqsadi iste’molchilaming ehtiyojlarini hisobga olgan holda mavjud moddiy va ishchi kuchi resurslari aso- sida tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni tashkil etish hamda korxona faoliyati rentabelligini va uning bozordagi barqaror holatini ta’minlash hisoblanadi. Shunga ko‘ra, menejment quyidagi vazi- falarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi:

  • ishlab chiqarishni avtomatlashtirishni ta’minlash va yuqori mala- kaga ega bo‘lgan ishchilardan foydalanishga o‘tish;

  • korxona xodimlari uchun mehnatning qulay sharoitlarini ta’minlash va nisbatan yuqori ish haqi belgilash orqali ish faoliyatini rag‘batlantirish;

  • korxona faoliyati samaradorligi ustidan muntazam nazorat o‘matish, uning barcha bo‘linmalari ishini muvofiqlashtirish;

  • yangi bozorlami muntazam izlash va o‘zlashtirish;

  • korxona rivojlanishining aniq maqsadlarini aniqlash;

  • maqsadlaming ustuvorligi, ulaming ketma-ketligi va yechimning izchilligini ochib berish;

  • turli davrlarga mo‘ljallangan muammolaming hal etilishi uchun chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;

  • zarur resurslar va ulami ta’minlash manbalarini aniqlash;

  • belgilangan vazifalaming bajarilishi ustidan nazoratni o‘matish6.

Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarishning zamonaviy
bozor tizimi sifatida marketing va menejmentning rivojlantirilishi, milliy iqtisodiyotda ulaming usul va vositalaridan keng foydalanish pirovardida korxona va tashkilotlar faoliyatining yuksalishi va iqti- sodiy o‘sishning ta’minlanishiga qulay zamin yaratadi.
Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishning keng rivojlanib borayotgan ko‘rinishi bo‘lib, korporativ boshqamv hisob- lanadi. Mamlakatimizda bu sohani rivojlantirish maqsadida bir qa- tor ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Germaniyadagi Yevropa menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aksiyador- lik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, ulaming zamo- naviy korporativ boshqamv usullarini egallashini ta’minlash maqsa- dida mamlakatimizda Rorporativ boshqamv ilmiy-ta’lim markazi tashkil etildi.
O ‘ tgan yili Germaniya va iqtisodiy j ihatdan rivoj langan boshqa dav- latlardagi yetakchi ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilarini keng jalb qilgan holda, mamlakatimiz aksiyadorlik jamiyatlari, bank- lar va yirik korxonalaming 160 nafardan ortiq rahbar xodimi korpo- rativ boshqaruv sohasida malaka oshirdi, ulaming yarmi Germaniya korxonalarida tajriba orttirdi.7
10.3.O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
yanada erkinlashtirilishi va rag(batlantirilishi

O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal ri- vojlanishini har tomonlama qo‘llab-quwatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
2015 -yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tad- birkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ulami jadal rivojlan- tirish yo‘lidagi to‘siqlami bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xu- susiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbir- lar to‘g‘risida”gi 2016-yilning 5-oktyabrdagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-fevraldagi «Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomil- lashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-2750 sonli qarori va boshqa bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlarga muvo- fiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun turli imti- yoz va qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi.
Muhim strategik investitsiya loyihalarini amalga oshirishni moni- toring qilish, samaradorligini oshirish hamda ulami muvaffaqiyatli va sifatli amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Pre- zidentining 2015-yil 25-dekabrdagi PQ-2458-sonli “2016-yilga moTjallangan O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi
to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

  1. yil 6-martdagi PQ-2313-sonli “Muhandislik-konmnmikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modemizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarorlariga kiritilgan investitsiya loyiha- laming avtomatlashtirilgan nazorat va monitoring tizimi Iqtisodiyot vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqildi va joriy qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbir- korlikni qo‘llab-quwatlash borasidagi qator farmon va qarorlari, xususan, 2015-yil 15-maydagi «Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, ulami jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlami bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4725-sonli Farmoniga muvofiq, iqtisodiyotni liberal- lashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada yengillashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlan- tirish yo‘lidagi ortiqcha to‘siq va g‘ovlami bartaraf etish bo‘yicha keskin va ta’sirchan chora-tadbirlaming amalga oshirilishi sohaning yanada rivojlanishiga zamin va turtki bo‘lmoqda.
Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga mazkur sohani turli darajalarda qo‘llab-quwatlashning samarali tizimi katta ta’sir ko‘rsatdi. Davlat tomonidan uning me'yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi va takomillashtirildi, kichik korxonalami moliya- kredit va investitsiya jihatidan qo‘llab-quwatlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash bo‘yicha davlat va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqildi va bugungi kunda ham hayotga izchil ravishda tatbiq etilmoqda. Bu sohada min- taqalararo va xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda, hukumatlararo va xalqaro shartnomalar tasdiqlanmoqda, tadbirkorlaming jamoatchilik uyushmalari faoliyati jonlantirilmoqda, axborot ta’minoti tizimi vu- judga keltirilmoqda.
Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sekto- rining shakllanishi va mustahkamlanishida Savdo-sanoat palatasi, Dehqon va fermer xo'jaliklari uyushmasi, «Madad», «Kafolat», «O‘zagrosug‘urta» kabi qator sug‘urta kompaniyalari, Respublika biz- nes-inkubatori, Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quwatlash jamg‘armasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi- ning Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi kabi byudjet- dan tashqari jamg‘armalaming roli juda katta bo‘ldi.
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada erkinlashtirish va rag‘batlantirish chora-tadbirlari kuchaytirilmoq- da. Jumladan, keyingi yillarda xususiy mulk va xususiy tadbirkor- lik huquqini himoya qilish borasidagi qonunchilik mustahkamlandi, bozor infratuzilmasini shakllantirish ishlari jadallashtirildi, biznesni ro‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya va ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Moliya, soliq va statistika hisobotlarining barcha shakllari va mud- datlari keskin qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsi- ya qilindi va kamaytirildi. Xususan, 2007-yilda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 13 foizdan 10 foizga tushirilgan bo‘lsa, 2014-yildan esa sanoat sohasidagi korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizni tashkil qildi va bu holat xanuzgacha o‘zgarishsiz qolmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarga, awalo, kichik biznes subyektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori bo‘lgan mod- diy resurslardan keng foydalanish imkonini beradigan barqaror bo- zor mexanizmi shakllandi. Masalan, banklaming barcha filiallarida tadbirkorlarga yaqindan maslahatlar berish bo‘yicha “Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tash- kil etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida Yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif etilayotgan yangi bank xizmatlari to‘g‘risida doimiy ravishda axborot berib borilishi yoTga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktyabrda- gi PF-4848-sonli «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni doirasida “Konupsiyaga qar- shi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikli- gi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlami ishlab chiqish va tasdiqlash borasida faol ishlar olib borilmoqda.
Tadbirkorlik faoliyatini qoTlab-quvvatlash va kichik korxonalar tashkil etish maqsadida 2016-yiI mobaynida kichik biznes subyekt- lariga 15,9 trillion so‘mlik kreditlar ajratildi va o‘sish 2015-yilga nisbatan 1,3 barobami tashkil qildi. Jumladan, qiymati 3,3 trillion so‘mlik mikrokreditlar ajratildi, xalqaro moliya institutlari- ning 206,7 million dollar miqdoridagi kredit liniyalari o'zlashtirildi (10.1-rasm).





Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling