10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


jadval. O‘zbekistonning iqtisodiyot tarmoqlarida asosiy kapitalga


Download 175.88 Kb.
bet16/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

jadval.

O‘zbekistonning iqtisodiyot tarmoqlarida asosiy kapitalga

kiritilgan investitsiyalar tarkibi, mlrd. so‘m72

Ko‘rsatkichlar

2013

2014

2015

Jami










mlrd. so‘mda

28694,6

35233,3

40737,3

foizda

100

100

100

Sanoat

34,2

37,4

38,8

Qishloq xo‘jaligi

4,6

4,1

3,7

Qurilish

1,5

2,3

4,0

Transport

15,2

11,9

9,2

Aloqa

2,7

2,2

2,0

Savdo va umumiy ovqatlanish

5,2

5,6

5,6

Uy-joy va kommunal xo‘jaligi

23,2

22,7

24,7

shundan










- uy-joy xo‘jaligi

20,7

20,2

20,5

- kommunal xo‘jalik

2,5

2,5

4,2

SogTiqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta’minot

3,1

2,8

2,2

TaTim

2,6

2,3

3,1

Boshqalar

7,7

8,7

6,7

72 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlari

304



Iqtisodiyotning turli sohalaridagi asosiy kapitallarini ko‘paytirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini moliyalash- tirishning asosiy hajmi ichki resurslami safarbar qilish hisobidan amalga oshirilgan. 2013-yilda iqtisodiyot sohalari asosiy kapitalini ko‘paytirish maqsadida kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 28694,6 mlrd.so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2015-yilda bu ko‘rsatkich 40737,3 mlrd.so‘mni tashkil qilib shu davrlarga nisbatan 142,0 foiz- ga ko‘paygan. Shundan 2013-yilda asosiy kapitalga jami kiritilgan investitsiyalaming 34,2 foizini sanoat, 15,2 foizini transport hamda

  1. foizini uy-joy va kommunal xo‘jaligi tashkil qilgan bo‘lsa, 2015-yilda esa asosiy kapitalga jami kiritilgan investitsiyalaming

  1. foizini sanoat, 9,2 foizini transport hamda 24,7 foizini uy-joy va kommunal xo‘jaligi tashkil qildi.

Tahlillar ko‘rsatadiki, tadbirkorlik kapitalini ko‘paytirish man- balarida qarz mablagTari rolining oshishi asosan xorijiy kredit- laming ko‘payishi hisobiga yuz bergan. Bu esa respublikada chet el kreditlari bo‘yicha kafolatlaming yuqori darajasi va tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarining beqarorligi bilan izohlanadi.
Respublika hukumati tadbirkorlik kapitalini ko‘paytirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami jalb etish va qo‘shma kor- xonalami rivojlantirishga katta e’tibor bennoqda.
2016-yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan iqtisodiyotga 19 963,2 mlrd. so‘mlik investitsiyalar kiritildi. Bu respublika bo'yicha jami kiritil- gan investitsiyalar hajmining 40,3 foizini tashkil etadi. Shuning- dek, ular tomonidan 20 677,7 mlrd.so‘mlik qurilish ishlari bajarildi (jami qurilish ishlari hajmining 70,7 foizi) yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga o‘sdi. Zamonaviy texnologiyalami tad- biq qilish zaruriyati, tadbirkorlik bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalami o‘zlashtirish va investitsiya muhitining yaxshilanishi borasida amal- ga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mamlakatga bevosita chet el investitsiyalarini olib kirish faollashib, kapital qo‘yilmalaming umumiy hajmida chet el investitsiyasi tarkibi sezilarli darajada o‘zgardi.
Asosiy kapitalni shakllantirishda chet el investitsiyalarining ishtirokini barqarorlashtirish tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashti- rish, investitsiya muhitini rivojlantirish va investitsiya faoliyatini dav- lat tomonidan tartibga solishda quyidagi o‘zgarishlami taqozo etadi:

  • ishlab chiqarish texnologiyalarini sotib olish, global ilmlami egallash, soliqlaming tartiblovchi rolini takomillashtirish, ulaming rag‘batlantiruvchilik rolini kuchaytirish;

  • to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalami jalb etishni uzoq mud- datli hududiy, maqsadli dasturlarga muvofiq olib borish;

  • importga cheklovlami iqtisodiyotda import o‘mini bosuvchi ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish bilan mutanosib ravishda kiritib borish, mazkur tarmoqlami asosan xorijiy investitsiyalar hiso- bidan moliyalashtirish;

  • mamlakatga xorijiy kapitalni keng miqyosda jalb qilishda kredit- lar hissasini kamaytirish va bevosita xorijiy investitsiyalar hissasini o‘stirishga erishish lozim.15

Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish o‘zaro bog‘langan ikki ja- rayonga: asosiy kapitalning eskirishi, ya’ni amortizatsiya jarayoni va amortizatsiya fondidan mehnat vositalarini jismoniy shaklda tiklash uchun foydalanishga tayanadi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirishining ikki shakli mavjud: 1) ulardan bevosita foydalanish natijasidagi jismoniy eskirish; 2) hara- katsiz turish natijasida, tabiiy kuchlaming ta’sirida jismoniy eskirish.
Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanish nati- jasida jismoniy eskirganda, ular texnik, ishlab chiqarish xossasini va iste'mol qiymatini asta-sekin yo‘qotib boradi. Ayni vaqtda asosiy kapital tabiiy kuchlaming ta'sirida jismoniy eskirishi ham mumkin. Bunday eskirish qiymati qoplanmaydi va u yo‘qotishni bildiradi. Bu yo‘qotish asosiy kapitalning harakatsiz turish natijasidagi eskirishiga teng bo‘ladi.
Mehnat vositalari jismoniy eskirish bilan birga ma'naviy jihatdan ham eskiradi. Ma’naviy eskirishning ham ikki xil turi mavjud bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi. Ma’naviy eskirishning birinchi turi mehnat vositalari tayyorlanadigan tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshgan- ligi natijasida ular qiymatining pasayishida ifodalanadi. Bu ishlab tur- gan uskunalami yangilari bilan almashtirishni zarur qilib qo‘ymaydi, chunki ishlab turgan va yangi uskunalaming texnika darajasi bir xil bo‘lib qolaveradi. Biroq, ancha past qiymatga ega bo‘lgan mehnat vositalarining keng qo‘llanishi shunga olib keladiki, ilgari sotib olin- gan mehnat vositalari qiymatining bir qismi yo‘qoladi.
Ma'naviy eskirishning ikkinchi turida ancha mukammal, arzon va unumli mashinalaming ishlab chiqarishga kirib kelishi bilan il- gari o‘matilgan mehnat vositalaridan foydalanish maqsadga muvo- fiq bo‘lmay qoladi va natijada ular yangilari bilan almashtiriladi. Ma’naviy eskirishdan ko‘riladigan zaraming oldini olishning asosiy yo‘li mehnat qurollaridan ancha samarali foydalanish hisoblanadi.
Asosiy kapitalni takror ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar- ning bir qismi amortizatsiya fondi yordamida qoplanadi.
Amortizatsiya asosiy kapital eskirib borishiga qarab, uning qiymatini asta-sekin ishlab chiqarilgan mahsulotga o‘tkazish, asosiy kapitalni keyinchalik qayta tiklash maqsadlarida mahsu- lotning amortizatsiya miqdoriga teng qismini ajratib borish ja- rayonidan iborat.
Amortizatsiya ajratmalari belgilangan amortizatsiya normalari (me’yorlari) asosida ajratilib boriladi.
Asosiy kapitalning eskirishi bilan amortizatsiya o‘rtasida mustah- kam aloqa bor. Biroq bular bir xil tushunchalar emas. Eskirish mehnat vositalaridan foydalanish vaqtida ulaming texnik-ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo‘qotish jarayonini aks ettiradi. Amortizatsi- ya ancha murakkab jarayon bo‘lib, iste’mol qilingan mehnat vosi- talari qiymatini ulaming eskirishiga muvofiq ravishda mahsulotga o‘tkazish, iste’mol qilingan mehnat vositalarining o‘mini qoplash maqsadida pul fondini jamg‘arish jarayonini aks ettiradi. Shunday qilib, eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.
Amortizatsiya normasi amortizatsiya ajratmalari yillik sum- masining shu asosiy kapital qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi va foizda ifodalanadi. Amortizatsiya ajratmalarining umumiy nor- masi asosiy kapitalni takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususi-
yatlariga muvofiq ravishda ikki qismdan iborat bo'ladi: bir qismi asosiy kapitalni to‘la qoplashga (qayta tiklashga), ikkinchisi ulami qisman qoplashga (kapital ta’mirlashga) mo‘ljallanadi.
Amaliyotda umumiy yillik amortizatsiya normalarini (An) bel- gilashda asosiy kapital qiymati (Kas) asosiy kapitalning harakat qilishi muddati davomida kapital ta’mirlash uchun sarflar (Tk), eskirgan mehnat vositalarini tugatishdan olingan mablag‘ (Mt) va shu vositaning xizmat davri (Xd) hisobga olinadi:



+ Tk Mixl0o%

4 Km 4, =
Amortizatsiya normalari mehnat vositalari jismoniy va ma’naviy eskirishining haqiqiy miqdorini aks ettirishi kerak. Oshirilgan norma- lar mahsulot tannarxini sun’iy ravishda o‘stirib yuboradi, pasaytiril- gan normalar esa asosiy kapitalning tiklanish davrini kechiktiradi va shu tariqa taraqqiyotga to‘siq bo‘ladi.
Hozirgi sharoitda amortizatsiya ajratmalari rivojlangan mam- lakatlarda kapital qo‘yilmalami moliyalashtirishning asosiy manbai hisoblanadi. Shunga ko‘ra, davlat ko‘pincha firmalarga jadallashtiril- gan amortizatsiyani qo‘llashga mxsat beradi. Jadallashtirilgan amor- tizatsiya ajratmalarining yuqori normalarini belgilash orqali asosiy fondlar qiymatini nisbatan qisqaroq vaqt ichida ro‘yxatdan chiqar- ish imkonini beradi. Odatda jadallashtirilgan amortizatsiyani qo‘llash asosiy fondlaming aktiv qismi uchun mxsat etiladi. Biroq, bu holat nafaqat asosiy kapitalning tezroq yangilanishini, balki ishlab chiqa- rish xarajatlarini amortizatsiya ajratmalariga to‘g‘ri keluvchi qismi- ning oshib ketishiga ham olib keladi.
Asosiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshishi, eng awalo, qo‘shimcha kapital mablag1 sarflanmasdan turib mahsulot hajmini ko‘paytirishda o‘z ifodasini topadi. Bir tomondan, milliy mahsulot yoki milliy daromadning o‘sish sur’atlari bilan, ikkinchi tomondan, asosiy kapitalning o‘sish suratlari o‘rtasidagi nisbat mil- liy iqtisodiyot miqyosida asosiy kapitaldan foydalanish samarador- ligining umumlashuvchi ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi. Asosiy








Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling