10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi


Download 175.88 Kb.
bet19/21
Sana03.02.2023
Hajmi175.88 Kb.
#1154441
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
10-mavzu. Tadbirkorlik faoliyati va uning shakllari. Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi

Asosiy tayanch tushunchalar
Tadbirkorlik faoliyati - shakli va sohasidan qat’iy nazar foyda olishga va undan samarali foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyat.
Aksiyadorlik jamiyati - ko‘proq foyda olish maqsadida aksiyalar chiqarish orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.
Aksiya - bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aksiya kursi - qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalaming sotila- digan narxi.
Obligatsiya - uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish shar- ti bilan pul qo‘yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz.
Ta’sischilik foydasi - sotilgan aksiyalar va aksiyadorlik korxona- siga haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.
Dividend - aksiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi.
Tadbirkorlik kapitali - tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari.
Aylanma kapital - unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste'mol qilinadigan, o‘z qiymatini Yaratilgan mahsulotga to‘liq o‘tkazadigan va ashyoviy- buyum shaklini ham yo‘qotadigan qismi.
Asosiy kapital - unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida bir qator doiraviy aylanishlar davomida qat- nashib, o‘zining qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmat- ga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib boradigan va xizmat muddati davomida o‘zining ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydigan qismi.

Download 175.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling