10-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi
Baholarni shakllantirishga
Download 101.32 Kb.
|
10-мавзу
Baholarni shakllantirishga xarajatli yondashuv metodida XyuSning tovarlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish haqiqiy xara-jatlari asosiy tayanch nuqta sifatida qabul qilinadi. Baholarni shakllanti-rishning bu metodi tarixiy jihatdan eng qadimgi va eng ishonchli hisob-lanadi. Uning asosida XYuS mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish xarajatlarining buxgalteriya hujjatlari bilan tasdiqlangan xarajat-laridan iborat bo‘lgan haqiqiy kategoriya yotadi. Ma’lum darajada bun-day yondashuvning obro‘si baholarni shakllantirishni barcha xarajatlarga normal daromadlarni to‘liq olish va ularning ishlab chiqarilgan tovarlar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlanishining XYuS uchun zarurligini nazarda tutuvchi iqtisodiy nazariya orqali qo‘llab-quvvatlanishi bilan belgilana-di. Biroq baholarni shakllantirishning xarajatli metodi ba’zi bir kam-chiliklarga ega. Xususan, ko‘p hollarda mahsulot birligiga to‘g‘ri keluv-chi xarajatlarning salmog‘ini, bu narsa ushbu yondashuvga ko‘ra baho-ning asosi bo‘lishiga qaramasdan, baho o‘rnatilgunga qadar uni aniq-lashning iloji yo‘q.
Mahsulotni bozorda realizatsiya qilishni tashkil etishdagi bahoning darajasini ishlab chiqarish masshtabi va sotish hajmi aniqlab beradi. 174
Iqtisodiy nazariya va buxgalteriya hisobiga ko‘ra, mahsulot birligini ishlab chiqarishga qilingan xarajatlarning salmog‘i ishlab chiqarish mas-shtabiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi ortsa, bir buyumga to‘g‘ri keluvchi doimiy xarajatlar summasi va uni ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarning umumiy miqdori kamayadi. Baholarni shakllantirishga yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosani chiqarishga imkon beradi: savodli menejer, bu sohadagi uning qarori haqiqiy xarajatlarni qoplash va faoliyatning tarkib topgan sharoitlarida ko‘zda tutilgan foydaning tegishli o‘lchamini olishning zarurligi bilan belgilangan bir paytda, baholarni shakllantirishning passiv yo‘liga tur-masligi kerak. Bu yerda passiv baholarni shakllantirish deyilganda baholarni qat’iy tarzda xarajatlar metodi asosida yoki raqobatchilarning bahoviy qarorlari ta’siri ostida o‘rnatilishi nazarda tutilayapti. Hozirgi sharoitda baholarni shakllantirishdagi eng oqilona yonda-shuvlardan biri baholarni faol shakllantirish hisoblanadi. U realizatsiyani boshqarish siyosati doirasida eng foydali ishlab chiqarish hajmi, ishlab chiqarishning o‘rtacha xarajatlari va operatsiyalar foydaliligining maq-sadli darajasiga erishish maqsadida baholarning o‘rnatilishini ko‘zda tutadi. Baholarni boshqarish orqali realizatsiyaning kerakli hajmi va unga mos keladigan o‘rtacha xarajatlarning miqdoriga erishiladiki, bu narsa oxir-oqibatda, XYuSni operatsiyalar foydaliligining ko‘zda tutil-gan darajasiga olib chiqadi. Muammoni hal etishga bunday yondashuv baholarni shakllantirish xarajatli metodining “kasal” joyidan – “kuchsiz” bozorlarda (konyun-kturasi yomonlashib borayotgan bozorlarda) juda yuqori baholarni yoki “kuchli” bozorlarda (talab o‘sib borayotgan bozorlarda) juda past baho-larni o‘rnatishdan – qochishga imkon beradi. Baholarni shakllantirishning xarajatli metodidan voz kechish oson ish emas. Chunki bu narsa XYuSlarning menejerlaridan yangi mahsu-lotni ishlab chiqarishga investitsiyalar boshlangunga qadar baho bo‘yi-cha ularning pozitsiyalarini aniqlashni taqozo etadi. Buning uchun yangi buyumlarni yaratish algoritmini to‘liq o‘zgartirish, baholarni shakllanti-rishning qimmat yondashuviga o‘tish kerak. Download 101.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling