10-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi


Download 101.32 Kb.
bet2/14
Sana30.04.2023
Hajmi101.32 Kb.
#1417802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
10-мавзу

10.2. Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi va baholarni shakllantirish metodlari

Bozor iqtisodiyotida tovarlarning turli guruhlariga mos ravishda baholarning harakatchan tizimi amal qiladi. Baho turlarini tizimlashtirish uchun turli belgilar bo‘yicha ularni klassifikatsiyalashtirishdan foyda-laniladi.


Baholarni quyidagi belgilarga ko‘ra klassifikatsiya qilish mumkin: · aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo‘yicha;
· o‘rnatilishiga qarab; · vaqt omiliga ko‘ra;
· baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq; · bozor turiga bog‘liq ravishda;
· hududiy bozorlarga bog‘liqligini nazarda tutib;
· bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo‘yicha;
· yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra; · qo‘llanilish tartibiga muvofiq.
Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo‘yicha baholar quyi-dagicha farqlanadi:
· ulgurji baholar; · chakana baholar;
· sotib olish baholari; · smeta qiymati;
· tariflar.

166



XYuSlar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloq xo‘jaligi yoki boshqa XYuSlarga yoki ta’minot tashkilotlariga sotadigan bahosi ulgurji baho deyiladi.
Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste’moli uchun kichik miqdorlarda sotiladigan ne’matlarga o‘rnatilgan baho chakana baho deb atadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘z mahsulot-larini davlatga sotish sotib olish baholarida amalga oshiriladi.
Smeta qiymatida qurilish mahsulotlari (binolar, inshootlar va b.) ning bahosi to‘lanadi.
Yuklarni tashish, elektr energiyasi, issiqlik, suv, sog‘liqni saqlash xizmatlari, mehmonxona, sayyohlik va boshqa xizmatlarning bahosi ta-riflar orqali ifodalanadi.
Ornatilishiga qarab baholarning quyidagi turlari mavjud: · qat’iy baholar;
· joriy baholar;
· o‘zgaruvchan baholar;
· almashtiriluvchi (“sakrovchi”) baholar.
Shartnomada qayd etiladigan va shu shartnomaga muvofiq ravishda mahsulotni yetkazib berishning barcha muddatlari davomida o‘zgarmaydigan baholar qat’iy baholar deyiladi.

Download 101.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling