erkin (sof yoki takomillashgan) raqobat. U baholarni aniqlashda erkin musobaqalashishning mavjudligi bilan xarakterlanadi;
· monopolistik raqobat. Bunda to‘liq almashtirilishi mumkin bo‘lmagan xilma-xil tovarlar guruhini ishlab chiqaruvchi XYuSlarning musobaqalashishi amalga oshiriladi;
· oligopolistik raqobat. Bu ko‘p bo‘lmagan ishlab chiqaruvchi-lar raqobat bozoridan iborat;
· monopolistik bozor. Bunday bozor tovarlarning bahosini o‘r-natishda bir xo‘jalik subyekti hukmronlik qiladigan bozordir.
Bozor iqtisodiyotida marketing-baho strategiyasining moliyaviy jihatlari shakllantirish shakl va sharoitlarining ko‘p turliligi bilan xarak-terlanadi. Bu o‘z tovarini realizatsiya qiluvchi xo‘jalik yurituvchi sub-yektlar iqtisodiy nuqtayi nazardan nimadan iborat ekanligiga va turli bo-zorlarda shu tovarlarni iste’mol qilish imkoniyatining qandayligiga bog‘-liq.
Baholarni shakllantirishning u yoki bu strategiyasi yohud ularning turli kombinatsiyalarini qo‘llash tovarlarni realizatsiya qiluvchilarning egalariga ko‘zda tutilgan pul tushumlariga ega bo‘lishni va shu asosda zaruriy moliyaviy fondlarni muvaffaqiyatli shakllantirishga imkon bera-di.
Do'stlaringiz bilan baham: |