10-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi


Download 101.32 Kb.
bet13/14
Sana30.04.2023
Hajmi101.32 Kb.
#1417802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
10-мавзу

Ustamalar baholarni shakllantirishda chegirmalarga nisbatan kam-roq qo‘llaniladi. Ularning qo‘llanilishi tovarlar sifatining ortishi, tovar-larning kreditga sotilishi va shunga o‘xshashlar bilan bog‘liq.
Tovarlarga nisbatan baholarni asoslash va baholarni shakllantirish strategiyasini samarali amalga oshirish uchun XYuS o‘zi faoliyat ko‘rsa-tadigan maqsadli bozorlarini2 aniqlab olmog‘i, turli bozorlarning massh-tablari va bozor talablarini qondirishning o‘z imkoniyatlari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmog‘i kerak.
Undan so‘ng XYuS ning mamlakat ichki bozoridagi hamda yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tashqi bozorlaridagi faoliyat sohasini aniqlash va cheklab olmoq lozim. Yaqin va uzoq xorij mamlakatlari tashqi bozorlari-dagi faoliyat faoliyat ko‘rsatish shartlari va huquqiy tartibga solish norma-lariga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Bozorlarning hududiy geogra-fiyasini bilish ham muhimki, ular uchun faoliyat ko‘rsatishning o‘ziga xos xususiyatlari, shahar va qishloq bozorlarining nisbatiga tegishli bo‘lgan bel-gilar mavjud bo‘lib, ular har ehtimolga qarshi o‘zlarining xususiyatlarini uzoq vaqt davomida yana saqlab qolishi mumkin. Va nihoyat, baholarni shakllantirishning strategik yo‘naltirilishida joriy investitsion talab bozorla-rini aniq chegaralab olmoq ham zarur.
XYuSlarga mo‘ljalni aniq olish va maqsadli bozorlarni tanlashga bozorni segmentlashtirish imkon beradi. Bozorni segmentlashtirish o‘rganish metodi hisoblanadi. Unga ko‘ra iste’molchilar ehtiyojlari, tav-sifi, xatti-harakatining o‘ziga xosligi va shunga o‘xshash xususiyatlariga muvofiq guruhlarga ajratiladi. Bozor segmenti bir xil toifadagi iste’mol-chilardan, u yoki bu holatga bir xil tarzda reaksiya qiluvchilardan tashkil topadi.
Yaxlit olinganda bozor iqtisodiyotida bozor baholarini shakllanti-rishning umumiy belgilari bozorning turli sohalarida baholarning turli-tuman ko‘rinishlarini qo‘llash orqali amalga oshiriladi. Raqobatning er-

2 Maqsadli bozorlar deyilganda XYuS mo‘ljallayotgan bozorlar nazarda tutiladi. Ana shunday bozorlarni aniqlab olmoq uchun, eng avvalo, u sotuvchi bozori yoki sotib oluvchi bozorining umumiy bahosini hisobga olishi kerak. Sotuvchining bozorida sotuvchi (mahsulotni ishlab chiqaruvchi) ustuvor o‘ringa ega bo‘ladi va u realizatsiya qilinadigan tovarlarning bahosini amalda belgilaydi. Xaridor bozorida esa ustuvor o‘rin sotib oluvchiga tegishli bo‘ladi. XYuS bunday sharoitda iste’molchi talablarining qattiq sharoitlarida faoliyat ko‘rsatadi.

182



kinlik darajasi va baholarni shakllantirishga (bular bozorlar tipini klas-sifikatsiya qilishda asosiy mezon sifatida maydonga chiqadi) bog‘liq ra-vishda bozorlar quyidagi to‘rt asosiy tipga ajratiladi:
·
Download 101.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling