10-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi


Download 101.32 Kb.
bet12/14
Sana30.04.2023
Hajmi101.32 Kb.
#1417802
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
10-мавзу

Ommaviy sotib olishlar bahosi va baholarni tovarning sifati bilan uzviy bog‘langanligi strategiyalari ham amaliyotda qo‘llaniladi.
Baholarning har qanday strategiyasida, raqobatchilarning baholarini tahlil qila borib, XYuS o‘zi tomonidan taqdim etilishi mumkin bo‘lgan che-girmalar tizimiga jiddiy e’tibor bermog‘i lozim. Jahon amaliyotida baho-lardan qilinadigan chegirmalarning 20 ga yaqin turi mavjud. Masalan, “skonto chegirmasining “3/12, netto 30” tartibida ifodalanishida to‘lov 30 kun ichida amalga oshirilishi kerak, agar sotib oluvchi to‘lovni dastlabki 12 kun ichida amalga oshirsa, u 3% kam to‘laydi, degan ma’noni anglatadi. Aylanma uchun bonus chegirmalari ham qo‘llaniladi. Aylanma sotuviga bog‘liq ravishda u doimiy sotib oluvchilarga nisbatan qilinadi. Progressiv chegirmalar sotib olishning sifati, hajmi va davriyligiga bog‘liq ravishda sotib oluvchiga taqdim etiladi. Tovarlarning almashtirilishi yoki shu bi-lan bog‘liq bo‘lgan chegirma shu firmadan oldin sotib olingan eski tovarni qaytarganligi uchun taqdim qilinishi mumkin. Tovarlar xorijga sotilganda eksport chegirmalari qo‘llaniladi. Funksional chegirmalar yoki savdo sohasidagi chegirmalar tovarlarning harakatlanishini amalga oshiruvchi xizmatlarga ma’lum bir funksiyalarni bajarganligi uchun beriladi. Maxsus chegirmalar ishlab chiqaruvchi manfaatdor bo‘lgan sotib oluvchilarga

181



sotuvchi tomonidan taqdim etiladi. Yashirin chegirmalar sotib oluvchilar-ga tekin namunalar ko‘rinishida berilishi mumkin. Chegirmalarning oxirgi turiga shartnomalarda qayd etilmaydigan va og‘zaki kelishuvlarga muvofiq amalga oshiriladigan konfidensial chegirmalar ham kiradi.

Download 101.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling