Yuqori baholar strategiyasi (“qaymog‘ini ajratib olish”) dastlab tovarlarni ularning ishlab chiqarish xarajatlaridan ancha yuqori baholarda sotilishini, keyin esa baho pasaytirilishini ko‘zda tutadi. Bu patent bilan hi-moyalangan, yangi tovarlarga tegishli. Bunday strategiya joriy talab dara-jasining yuqoriligi, tovarning yuqori bahosi iste’molchi tomonidan e’tirof etilgan tovar sifatining yuqoriligi va shunga o‘xshash boshqa sharoitlarda mumkin.
Past baholar strategiyasi yoki bozorga “yorib kirish” strategiyasi ham mavjud. Bunday strategiya talabni rag‘batlantirish maqsadida amal-ga oshiriladi. U ishlab chiqarish katta hajmda va talab yuqori elastik
180
bo‘lgan bozorlarda samarali bo‘lib, unda sotib oluvchilar baholarning pasayishiga keskin munosabat bildiradilar va talabni oshiradilar. XYuS ommaviy ishlab chiqarish hiso-bidan baholarning past darajasini ushlab turadi.
Tabaqalashtirilgan baholar strategiyasi xilma-xil bozorlar, ular-ning segmentlari va sotib oluvchilari uchun baholarning o‘rtacha daraja-siga nisbatan turli-tuman chegirma va ustamalarni qo‘llash evaziga amalga oshiriladi.
Imtiyozli baholar strategiyasi imtiyozli baholarni taklif qilishdan XYuS manfaatdor bo‘lgan sotib oluvchilar bilan ishlashga qaratilgan.
Elastik baholar strategiyasi baholarning iste’molchilar sotib olish qobiliyatiga bog‘liq ravishda o‘rnatilishini anglatadi.
Barqaror, standart, o‘zgarmaydigan baholar strategiyasi nis-batan uzoq vaqt davomida tovarlarning bir xil bahoda realizatsiya qilini-shini nazarda tutadi.
Yaxlitlanmagan baholar strategiyasida sotib oluvchi tovarni, masalan, 1000 so‘mga emas, balki 999,9 so‘mga sotib oladi. Bu holda sotib oluvchi bunday baholarni past yoki baholarni o‘rnatishning puxta va aniq hisob-kitoblarga asoslanganligining isboti sifatida e’tirof etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |