10-mavzu. Xo‘jalik yurituvchi


Download 101.32 Kb.
bet4/14
Sana30.04.2023
Hajmi101.32 Kb.
#1417802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
10-мавзу

Hisob-kitobli baholar individual buyurtmalar bo‘yicha noanda-zaviy asbob-uskunalarning shartnomalarida, bitimlarida qo‘llaniladigan baholardir. Bunday baholar mol yetkazib beruvchi tomonidan har bir aniq buyurtma uchun uning texnikaviy va tijoriy shart-sharoitlarini hi-sobga olgan holda hisob-kitob qilinadi va asoslanadi.
Bozor turiga bog‘liq ravishda baholarning quyidagi turlari mav-jud:
· auksion baholar;
· birjaviy kotirovkalar; · savdolar baholari.
Sotib oluvchi tomonidan oldindan ko‘rilgan tovarlar partiyasi (loti) ga maksimal taklif qilingan daraja bo‘yicha ommaviy sotish bahosiga auksion baholar deyiladi. Bunday baholar talab va taklif o‘rtasidagi nisbatning o‘zgarishi natijasida o‘rnatiladi (belgilanadi).
Birja orqali realizatsiya qilinadigan standartlashtirilgan bir toifa-dagi tovarlarning (shu jumladan, qimmatli qog‘ozlarning ham) bahosi birjaviy kotirovkalar deb ataladi.

168



Savdolar baholari ixtisoslashtirilgan savdo alohida shakllarining bahosidan iborat. Savdoning bu shakli maxsus hujjat (tender)da oldin-dan e’lon qilingan shartlarga ko‘ra tovarlarni yetkazishga buyurtmalar berish yoki ma’lum bir ishlarni amalga oshirish uchun pudratlarni olish-ga asoslangan bo‘ladi.
Hududiy bozorlarga bog‘liqligini nazarda tutib baholarning turlari quyidagicha farqlanadi:
· yagona baholar;
· mintaqaviy baholar; · mahalliy baholar.
Yagona baholar mamlakatning barcha hududlarida amal qiladi. Ular davlat tomonidan o‘rnatiladi va tartibga solinadi.
Mintaqaviy baholar mamlakatning ayrim hududlarida shaklla-nadi. Bunday baholarning tarkibiga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xomashyo, gaz elektr energiyasining baholarini kiritish mumkin.
Shu mintaqaning o‘zida ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadi-gan mahsulotlarga o‘rnatilgan baholar mahalliy baholar deyiladi.

Download 101.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling