1.11.4. Vaqt oralig’ining maksimal xatoligi – MTIE
TIE parametri, sinxrosignal parametrlarini taxlil qilish uchun me’yordagi baholashni bermaydi. Buning uchun etalon signal bilan solishtiriladigan erkin sinxrosignalni qarab chiqamiz. (1.19-rasm).
Bunda ma’lum diskretizatsiyalash qadami bilan TIE qiymati o’lchanadi. O’lchash, o’lchanadigan T vaqt davomida amalga oshadi. Buning uchun TIE parametridan eng katta og’ishni maksimal baholovchi o’lchash oralig’i parametri (S) ni kiritamiz. Bu parametr MTIE (vaqt oralig’ining maksimal xatoligi) nomini olgan. Shunday qilib, MTIE quyidagicha aniqlanadi:
MTIE = TIEmaxS- TIEminS
1.19.-rasmda TIE va MTIE parametrlari ko’rsatilgan.
1.19-rasm. TIE va MTIE parametrlari
MTIE parametrlarining qiymati S oralig’ining o’lchamiga bog’liq. Odatda sinxrosignal xarakteristikalari sifatida, sinxronizatsiya manbalarining asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanuvchi MTIE (S) bog’lanishi qo’llaniladi. MTIE parametrlarini o’lchash uchun 1 s dagi S kuzatish oralig’i qo’llaniladi. Bu parametr nafaqat vander kabi, balkim djitter kabi ham ta’sir qiladi. Shunday qilib MTIE parametriga vander ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |