10. Sdh tarmoqlarining bazaviy topologiyalari


Raqamli tarmoqlarda sinxronizatsiya


Download 124.11 Kb.
bet7/13
Sana09.01.2022
Hajmi124.11 Kb.
#256290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
1.11. Raqamli tarmoqlarda sinxronizatsiya

Raqamli telekommunikatsiya tizimlariga ega tarmoqlarning sinxronizatsiya muammolari oldingi bandlarda qarab chiqilgan edi. Sinxron raqamli ierarxiya tarmoqlari uchun qarab chiqilgan savollarning ma’nosi shu bo’yicha o’zgarmasdan qoladi, faqatgina tarmoq elementlarining sinxronizmini tashkil qilishda tizimli yondashish lozim. Sinxron raqamli telekommunikatsiya tarmoqlarida siklli sinxronizatsiyaning vazifasi, odatdagi vazifadan farq qiladi, chunki sinxron tizimlarning sikli barcha ierarxiya pag’onalarida sinxron, pleziaxron ierarxiyadagi kabi, yuqori pag’onadan boshlab sinxronizmga kirish ketma-ketligiga ega. Bu tizimning sinxronizmga kirish vaqtini kamaytiradi va sinxron raqamli ierarxiyaning eng asosiy afzalliklaridan biridir. Sinxron raqamli tarmoqlarda taktli sinxronizatsiyasining vazifasi xuddi pleziaxron tizimlaridagi kabi, ya’ni tarmoqda ishlovchi raqamli qurilmalarning chastota beruvchi generatorlarini chastota bo’yicha moslashishini ta’minlashdan iborat. Lekin, pleziaxron tarmoqlarda, berilgan raqamli oqimlar uchun qabul qiluvchi va uzatuvchi qismdagi chastota beruvchi generatorlarning mosligini ta’minlash chegaralangan, sinxron tarmoqlarda esa tarmoqning barcha qurilmalarida chastota beruvchi generatorlarning mosligiga erishiladi. Bunday moslikni ta’minlash komponent oqimlarga ulanishini tezlashtiradi, bu ham o’z navbatida sinxron raqamli telekommunikatsiya tizimlarining afzalliklaridan biri hisoblanadi.





Download 124.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling